So’nggi yangiliklar

12:57Икарди тарихий ютуққа эришди  0 12:30"Барселона" Рэшфорднинг келажаги бўйича унинг вакиллари билан алоқага чиқди  0 11:58Мюнхен фожиасига 68 йил тўлди  0 11:29Фарғонада замонавий талаблар асосида футбол академиялари барпо этилмоқда  4 10:51Фабио Каннаваро: "Ҳар бир футболчи ўзини миллий терма жамоанинг бир қисми бўлишини ҳис қилиши зарур"  6 10:20САфарда. "Нефтчи" Қирғизистон чемпионини мағлуб этган ўйинга бордик. Сайфиев ва Тўраев нималар деди?  0 09:59"Насаф"да қишки "перезагрузка": Бердиев жамоаси янги мавсумга қай даражада тайёр?   7 09:05Легионерларимиз. Шерзод Темиров Ироқ чемпионатидаги 13-голини урди, жамоаси ғалаба қозонди  1 08:35Футзал. Осиё Кубогида сенсация: Индонезия Японияни енгиб, финалга йўл олди  6 08:09"Металлург" - "Локомотив" U-21 учрашуви манзили ўзгарди  1 07:43Сияваш Ҳақназарий ОКМКга қайтди  2 03:04Испания Кубоги. 5:0 ва "Атлетико" ярим финалда!  10 02:55Бергамода йирик ҳисобда ютқазган "Ювентус" Италия Кубогини тарк этди  9 01:02Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди  34 00:33Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, Бенземадан дебютдаёқ хет-трик!  28

Klaudio Bravo:Barchasi hali oldinda Yangiliklar

Klaudio Bravo:Barchasi hali oldinda

Manchester Siti darvozaboni Klaudio Bravo CHempionlar Ligasi doirasida sobiq jamoasi Barselonaga qarshi maydonga tushdi.

Ana shu o'yin oldidan chililik darvozabon Kataloniyaning Mundo Deportivo nashriga intervyu berdi.

- Kamp Nouga qaytayotganingiz haqida qanday fikrdasiz?

- Xotirjamman. Ammo mazkur o'yinning jamoamiz uchun o'ta muhimligini ham yaxshi tushunaman. Bu stadionga qaytayotganimdan xursandman. CHunki faoliyatimning eng yorqin damlarini aynan shu erda o'tkazdim. Ushbu klub tufayli jahon futboli elitasiga kirdim.

- Yaxshi qabul qilishlarini kutyapsizmi?

- Ishonchim komil, muxlislar iliq qarshi olishadi. Barselonani ajoyib tarzda tark etdim. Bu klubda o'ynab, barcha sovrinlarni qo'lga kiritdim. Lekin Manchester Sitiga o'tganimdan afsusda emasman.

- Sizningcha, kim g'olib bo'ladi?


- Menimcha, jamoalar o'z o'yinlarini namoyish qilishadi. Barselonaga devorlari yordam berishi mumkin. Biroq biz o'zimizning kuchli taraflarimizni namoyish etib, rejani bajarishimiz kerak. g'alaba uchun har ikki klubning imkoniyatlari bir xil.

- Messi, Suares va Neymar bilan yana birga maydonga tushasiz. Farqi - bu safar ular sizning darvozangizga tahdid solishadi...

- Ular bilan bir klubda o'ynaganim - omadim. Jamoalarimizning o'yin uslubi o'xshab ketadi. Biroq Barselona tarkibida Messi bor. Leoning o'yinini qanchalik tahlil qilmang, undan nima kutishingizni bilmaysiz.

- Mark-Andre ter SHtegenni Seltaga qarshi uchrashuvdagi harakati uchun tanqid ostiga olishdi. Uning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Har qanday darvozabon tanqid qilinadi. Ayniqsa, gap Barselona haqida ketganda. Nima bo'lgan taqdirda ham, ter SHtegen - kuchli darvozabon. Ishonchim komil, u bosimlarga bardosh beradi.

- Darvozabonlar uchun xatolarni unutish qiyinmi?


- Ushbu poziciyada o'ynaganlar bu savolga qanday javob berishni yaxshi bilishadi. O'ylashimcha, darvozabon har qanday jamoada muhim o'yinchi hisoblanadi. Bosimga bardosh berish uchun esa yaxshi o'ynash kerak.

- O'zingizga nisbatan ishlatilgan tanqidlarga qanday munosabatda bo'lasiz?


... intervyuning qolgan qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика