Klaas-Yan Xuntelaarning akasi Dortmundning "Borussiya" muxlislariga tosh otganligi uchun hibsga olindi
14 apr 2016 18:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204771_original.jpg)
![](/upload/storage/204771_220.jpg)
Klaas-Yan Xuntelaarning akasi Dortmundning "Borussiya" muxlislariga tosh otganligi uchun hibsga olindi
O'sha kuni "SHalke" va "Borussiya" o'rtasida Germaniya chempionati uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda jamoalar ochkolarni bo'lishib olishdi. Xuntelaar penaltidan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
34 yoshli Nik Dortmundning "Borussiya" muxlislariga tosh otganlikda ayblanmoqda. Uchrashuvdan so'ng "SHalke" muxlislari stadiondan chiqib ketishga uringan dortmundliklarning mashinasini o'rab olishdi. "Borussiya" ishqibozlariga tosh va petardalar otishdi va ularning orasida Xuntelaarning akasi ham bor edi.
Bezorining ukasi esa voqeaga quyidagicha izoh berdi
"Akam uchrashuvga kelgandi. U mashinasi tomon yo'l olgan "Borussiya" muxlislariga hujum qildi. Akam qilgan xatosidan afsusda" - deydi Xuntelaar.
Nik Xuntelaarga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar