Kiran Gibbs: “Keyingi sakkizta o'yin “Arsenal” uchun hal qiluvchi bahslar sanaladi”
02 dek 2013 10:32
Yangiliklar


Kiran Gibbs: “Keyingi sakkizta o'yin “Arsenal” uchun hal qiluvchi bahslar sanaladi”
“Arsenal” klubi himoyachisi Kiran Gibbs, jamoaning Angliya chempionati doirasida “Kardiff”ga qarshi o'yiniga baho berib o'tdi (3:0).
“Muhim g'alabani qo'lga kiritdik, chunki oldinda bizni katta o'yinlar kutib turibdi. Ayni paytda yaxshi poziciyadamiz.
Keyingi sakkizta o'yin “Arsenal” uchun hal qiluvchi bahslar sanaladi, shu sababli o'yinni shu ruhda davom ettirish zarur.
Kardiffdagi o'yin oson bo'lmadi, ammo biz o'z qobiliyatimizni namoyish eta oldik, ayniqsa vaziyatlardan foydalanishni ustamonlik bilan bajardik. Biz o'yinimizdan mamnunmiz”, - deydi Gibbs.

Fikrlar