Kinning otasi: "Inter" - Moyzening uyi, u mazkur klubga o'tishni xohlagan bo'lardi"
27 iyu 2019 20:30
Yangiliklar
Kinning otasi: "Inter" - Moyzening uyi, u mazkur klubga o'tishni xohlagan bo'lardi"
Turinning "Yuventus" hujumchisi Moyze Kinning otasi o'g'lining "Inter"ga bo'lgan muhabbatini so'zlab berdi.
"Hammasi bozor atrofida aylanayotganimizda boshlangan. Men unga futbolkalardan birini tanlashini aytganman. U soniya ham ikkilanmasdan Obafemi Martinsning "Inter"dagi futbolkasini ko'rsatgan.
"Inter" uning uyi bo'lib qoldi. Moyze mazkur jamoani bolaligidayoq tanlagan, "neradzurrilar"ning ashaddiy muxlisi bo'lib ulg'aydi va u erga borishni istagan bo'lardi. Hammasi takliflarga bog'liq. "Inter" hozir olayotgan maoshidan ko'proq pul taklif qilsa, u holda Kin bu taklifni rad etmaydi", - deydi Kinning otasi.
Kin "Yuventus" sharafini 2016 yildan beri himoya qilmoqda. O'tgan mavsum 19 yoshli italiyalik A Seriyaning 13 o'yinida 6 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
03:00
ECHL. "Atletiko" oxirgi daqiqada gol urib, PSJdan g'alabani yulib oldi. "Arsenal" "Inter"ga yutqazdi 12
Fikrlar