Kin: "Hammasida Mourinyuni ayblab, uni ishdan haydash oson"
17 dek 2018 14:50
Yangiliklar
Kin: "Hammasida Mourinyuni ayblab, uni ishdan haydash oson"
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Roy Kin "qizil iblislar" "Liverpul"ga mag'lub bo'lganidan (1:3) so'ng sobiq klubi muammolari haqida gapirdi.
"Joze Mourinyu o'z futbolchilarining maksimumini ko'rsata olmayapti. Ammo bu MYUning yagona muammosi emas. Hammasida murabbiyni ayblash va uni ishdan haydash oson. Hech bo'lmasa mavsum yakunlanishini kutish kerak.
Odamlarning aytishicha, Pep Gvardiola va Yurgen Klopp daho ekan. Pep "Manchester Siti"dagi birinchi mavsumida hech narsa yutmadi. Keyin esa u klub xo'jayinlari oldiga kirib, 4 nafar himoya kerakligini so'radi.
"Liverpul"ning Yurgen qo'l ostidagi o'yini ancha yaxshi, ammo jamoa himoyachi va darvozabonga muhtoj edi. Ular kerakli futbolchilarni sotib olishdi. Hamma "Liverpul"ni muvaffaqiyat kutayotganini aytmoqda, biroq ular hozircha sovrin yutgani yo'q" - deydi Kin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar