Kin: "Arsenal" futbolchilari juda yumshoq o'ynashmoqda"
30 noy 2020 13:59
Yangiliklar


Kin: "Arsenal" futbolchilari juda yumshoq o'ynashmoqda"
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchilaridan biri Roy Kin "Arsenal"ning hozirgi tarkibi borasida gapirdi.
"Ko'pchilik futbolchilarning saviyasi past. Yumshoq o'ynashyapti ular. Bir necha hafta oldin muxlislar MYUga qarshi yomon o'yin ko'rsatmagan futbolchilarni olqishlagandi. SHundan keyin jamoa faqatgina bir ochko oldi va ikki marta mag'lub bo'ldi.
"Arsenal" futbolchilari sekin o'ynamoqda. Ularga ishonch etishmayapti. Jamoa murabbiyi ham futbolchilar astoydil kurashmayotganini aytdi. Men ham futbolchilarda g'alaba uchun kurash ko'rmayapman. Albatta, omadsiz tunlar ko'p bo'lib turadi. Biroq buncha vaqt ichida jamoa g'alabalar yo'liga tushib olishi kerak", - dedi Kin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar