

Shartnoma 2026 yil yoziga qadar mo'ljallanadi va unda futbolchining maoshi ikki baravarga oshiriladi. Shu orqali futbolchi Manuel Noyer hamda Tomas Myuller kabi maosh oladigan bo'ladi. Ayni damda u yiliga 10 mln evro maosh olmoqda.
Muzokaralarning navbatdagi bosqichi dushanba kuni bo'lib o'tadi va unda futbolchining shartnoma imzolashi kutilmoqda. O'tgan mavsumda Kimmix Bundesliganing 27 o'yinida qatnashib, 10 golga assist bo'ldi.



