So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Kim sizga o'zbek futboli saviyasi o'syapti deb aytsa, ishonmang Yangiliklar

Kim sizga o'zbek futboli saviyasi o'syapti deb aytsa, ishonmang

Sababi o'sha kishi sizni ochiqchasiga aldagan bo'ladi.

Ko'p yillik futbol ixlosmandi sifatida shu kecha-kunduzdagi mulohazalarim: 

1) Stadionlar dahshatli holatda. TVdagi ko'rinishini gapirmasa ham bo'ladi — shunchaki ayanchli. Bahonalar har doim bir xil yangraydi (iqlimimiz shunaqa). Superliga jamoalarining yarmi o'zini stadionida o'ynamayapti. 



2) Hakamlik. Bizda VAR va bosh hakam bitta vaziyatni yarim soat muhokama qiladi, lekin referi yakunda baribir bir qarorga kelmasdan, VAR monitori sari yo'l oladi. 

VAR chet elda maydondagi hakamga haqiqiy tirgak bo'lib bersa, bizda o'yin borishiga maksimum darajada xalaqit qilib, bosh hakamni karaxt ahvolga solib qo'yadi.

O'zFHM hakamlarga "isbot bo'lmasa va ishonchingiz 100 foizga komil bo'lmasa, penalti qo'ymang" deb aytsa-da, amalda shu principga rioya qilgan hakamini jazolaydi.



3) Futbolchilar (ayniqsa, nomi chiqqanlari) etirozini noprofessional tartibda bildiradi — baqiradi va xohlaganicha haqorat qiladi. Biladiki, jazolanishi qiyin, chunki hakamni mensimaydi va darajasi pastroq deb biladi. 


4) Tomoshabinlar uchun malum bir vaziyat takrori va sifatli kadr. Nima u? 

IMHO.



Murabbiylik, legionerlar, agentlar, klublar faoliyati (va ulardagi lavozim egalari ishi), reklama va marketing, jamoalar matbuot xizmati, OAV, sharhlovchilik va boshqa masalalar bo'yicha ham muammolar talaygina. Bu kabi mavzular mening kayfiyatimga tasir qiladi. O'shanga hozircha shu erda to'xtaymiz, lekin qachondir albatta bafurja gaplashamiz.

SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика