Kike Seten – “Barsa”ni boshqarishga asosiy nomzod

14 yanv 2020, 00:42
Ispaniyalik murabbiyi Kike Seten Kataloniya klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda.

Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

Nashr xabariga ko'ra, yaqin soatlarda Eresto Valverde iste'foga chiqariladi. Uning o'rniga esa asosiy nomzod sifatida “Betis”ning sobiq ustozi Seten nomzodi ko'rib chiqilmoqda. Xabar berishlaricha, u bir necha bor “Barselona” vakillari bilan muloqotda bo'lgan. Uning agenti esa allaqachon Kataloniya poytaxtiga yetib kelgan.

Setenning so'nggi boshqargan klubi “Betis” bo'lgandi. Ispaniyalik murabbiyi, shuningdek, “Rasing”, “Poli Exido”, Ekvatorial Gvineya terma jamoasi, “Logrones”, “Lugo” va “Las Palmas” klublarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: As