Kigan: "Ronaldu faoliyatini yakunlaganida, Beyl jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin"
Aslanov Jasurbek
1 iyul 2015, 19:43
"Liverpul" sobiq futbolchisi Kevin Kiganning so'zlariga ko'ra, "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl kelajakda jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin.
"Odamlar u Ronaldudan kuchli bo'lishi kerak deb hisoblashadi va bu albatta sodir bo'ladi. Ammo u Ronaldu soyasida qolaveradi. Krishtianu faoliyatini yakunlaganidan so'ng, Beyl jahonning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin" - deydi Kigan.