So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  58 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Kichik mundial tarixi Yangiliklar

Kichik mundial tarixi

Bugun BAAda o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga start beriladi. Bu yosh toifasida terma jamoamiz mundialda ikkinchi marta ishtirok etadi.
FIFA tomonidan 1985 yilda tashkil etilgan musobaqa tarixi, turli statistik malumotlarni ushbu maqolada keltirib o'tamiz.

Aslida ushbu musobaqa dastlab 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida tashkil qilingandi. 1991 yildan esa turnir reglamentiga o'zgartirish kiritilib, u 17 yoshgacha bo'lganlar turniriga aylantirildi. O'smirlar mundiali har ikki yilda bir marta o'tkazib kelinadi. Hozirgacha Braziliya va Nigeriya terma jamoalari uch martadan zafar quchgan holda eng muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan jamoalar bo'lib turishibdi. Gana va Meksikada esa ikkita shunday yutuq mavjud.

1985 yildan 2005 yilga qadar musobaqada ishtirokchilar soni 16tani tashkil qilgan. 2007 yildan boshlab esa qatnashchilar 24taga etkazilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, musobaqaga bo'lgan qiziqish va uning ommaviyligi ortib boryapti. Birinchi turnirga FIFA Evropa qitasi ishtirokchilari va Boliviyani mehmon sifatida taklif qilgandi. Hozir esa barcha konfederaciyalarda saralash bahslari o'tkaziladi. To'g'ri, bunda alohida saralash bosqichi yo'q va qita chempionati etakchilari jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Lekin shu holatning o'zi ham qita chempionatlariga bo'lgan etiborni ikki karra oshirib yuborgan.

Ilk musobaqa Xitoyda o'tkazilib, unda Nigeriya terma jamoasi g'alaba qozongan. Umuman olganda, Afrika qitasi vakillari yoshlar o'rtasidagi barcha turnirlarda ajoyib ishtirok etishadi, lekin asosiy chempionatda biror marta yarim finalga chiqishmagan. 1987 yilda esa SSSR termasi g'alaba qozongan. 2011 yilgi turnirga mezbonlik qilgan Meksika terma jamoasi 2005 yil Peruda bo'lib o'tgan mundialda finalda Braziliyadan 3:0 hisobida ustun kelib, ilk bor chempion degan nomni qo'lga kiritgan. Ular bu muvaffaqiyatni 2011 o'z uylarida ham takrorlashdi. 2009 yil Nigeriyada o'tkazilgan chempionatda SHveycariya o'smirlari barchani hayron qoldirgan holda hal qiluvchi bellashuvda mezbonlarni 1:0 hisobida dog'da qoldirgandi.

Yil

Mezbon

Final

3-o'rin uchun o'yin

1985

Xitoy

Nigeriya 2:0 Germaniya 

Braziliya 4:1 Gana

1987

Kanada

SSSR 1:1 (4:2) Nigeriya

Kotd Ivuar 2:1 Italiya

1989

SHotlandiya

Saudiya Arabistoni 2:2 (5:4) SHotlandiya

Portugaliya 3:0 Bahrayn

1991   

Italiya 

Gana 1:0 Ispaniya 

Argentina 1:1 (4:1) Qatar

1993   

Yaponiya

Nigeriya 2:1 Gana 

CHili 1:1 (4:2) Polsha

1995 

Ekvador

Gana 3:2 Braziliya 

Argentina 2:0 Ummon

1997   

Misr

Braziliya 2:1 Gana

Ispaniya 2:1 Germaniya

1999 

Yangi Zelandiya

Braziliya 0:0 (8:7) Avstraliya 

Gana 2:0 AQSH

2001 

Trinidad va Tobago 

Franciya 3:0 Nigeriya

Burkina-Faso 2:0 Argentina

2003   

Finlyandiya 

Braziliya 1:0 Ispaniya

Argentina 1:1 (5:4) Kolumbiya

2005   

Peru

Meksika 3:0 Braziliya

Gollandiya 2:1 Turkiya

2007 

Janubiy Koreya 

Nigeriya 0:0 (3:0) Ispaniya 

Germaniya 2:1 Gana

2009   

Nigeriya

SHveycariya 1:0 Nigeriya 

Ispaniya 1:0 Kolumbiya

2011 

Meksika

Meksika 2:0 Urugvay

Germaniya 4:3 Braziliya

Qitalar bo'yicha afrikaliklar eng ko'p g'oliblikka erishishgan – 5 bor. SHuningdek, yana 5 marta finalda to'p tepishgan. 1993 yilgi mundialda finalda Nigeriya va Gana terma jamoalari to'qnash kelishgan. Bu hozirgacha o'smirlar chempionati finallarida bir konfederaciya termalari maydonga tushgan yagona final hisoblanadi. Evropa va Janubiy Amerikada uchtadan kubok bor. Ispaniya esa uch bor finalga chiqib, ularning barchasida mag'lubiyatga uchragan. Osiyodan Saudiya Arabistoni ushbu musobaqada g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgan.

Musobaqa laureatlari orasida bir qator mashhur nomlarni uchratish mumkin. Lekin ular 19 yoshgacha bo'lgan chempionatda qatnashgan mashhurlardek ko'p emas. CHunki 17 yoshda futbolchi hali professional faoliyatdan ancha uzoqda bo'ladi. Daniel Olsopp, Lendon Donovan, Florin Sinama Ponol, Sesk Fabregas, Anderson, Karlos Vela va Toni Kroos singari futbolchilar aynan o'smirlar mundialida to'p tepishgan. Donovan, Fabregas, Anderson va Kroos jahon miqyosidagi yulduzlarga aylana olishdi.

Yil

“Oltin to'p”

To'purar/ gollari soni

Feyr pley

1985   

Uilyam (Braziliya) 

Marsel Vitechek (Germaniya) 8

Germaniya

1987    

Filip Osundu (Nigeriya)

Mussa Traore (Kotd Ivuar) 5

SSSR

1989    

Jeyms Uill (SHotlandiya)

Fode Kamara (Gvineya) 3

Bahrayn

1991    

Nii Lampeti (Gana)

Adriano (Braziliya) 4

Argentina

1993   

Daniel Addo (Gana)

Vilson Oruma (Nigeriya) 6

Nigeriya

1995   

Muhammad Katiri (Ummon)

Daniel Olsopp (Avstraliya) 5 

Braziliya

1997    

Serxio Santamariya (Ispaniya)

David (Ispaniya) 7

Argentina

1999    

Lendon Donovan (AQSH)

Ismoil Addo (Gana) 7

Meksika

2001    

Florin Sinama Ponol (Franciya)

Florin Sinama Ponol (Franciya) 9

Nigeriya

2003    

Sesk Fabregas (Ispaniya)

Cesk Fabregas (Ispaniya) 5

Kosta-Rika

2005   

Anderson (Braziliya)

Karlos Vela (Meksika) 5

KXDR

2007    

Toni Kroos (Germaniya)

Makuley Xrisantus (Nigeriya) 7

Kosta-Rika

2009   

Sani Emmanuel (Nigeriya)

Borxa (Ispaniya) 5 

Nigeriya

2011 

Xulio Gonsales (Meksika)

Sulaymon Kulibali (Kotd Ivuar) 9

Yaponiya

REKORDLAR

CHempionat rekordlari haqida so'z yuritadigan bo'lsak, ushbu turnirgacha AQSHning barcha musobaqalarda uzluksiz ravishda ishtirok etib kelayotganini alohida takidlash zarur bo'lardi. Lekin bu safar “yankilar” saralash bahslaridan o'ta olishmadi. Endi Braziliya va Argentinaning ko'rsatkichi AQSHniki bilan tenglashadi. Ular bir martadan mundiallarni o'tkazib yuborishgan.

Franciyalik Florin Sinama Ponol bir turnirda eng ko'p gol urish bo'yicha rekord o'rnatgan. U 2001 yilda 9 to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan. Ispaniya terma jamoasi esa 1997 yilgi musobaqada 22 gol urgan holda terma jamoalar uchun rekord ko'rsatkichni qayd etgan.

Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика