Kibersport. O'zbekiston terma jamoasi nihoyat yirik turnirda ishtirok etadi
18 noy 2019 13:30
Yangiliklar


Kibersport. O'zbekiston terma jamoasi nihoyat yirik turnirda ishtirok etadi
16 va 17 noyabr kunlari ushbu turnirning Markaziy Osiyo saralash bosqichi o'yinlari bo'lib o'tadi. Qozog'istondagi "Level Cyber Arena"da bo'lib o'tgan bahslarda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Terma jamoamiz sharafini nomdor kibersportchilar himoya qildi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi
1. Resu
2. GGwpLanaya
3. DM ("Hellraisers" vakili)
4. James ("Imperial Pro Gaming" vakili)
5. Sonneiko (NAVI vakili)
Jamoamiz guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda g'alabaga erishishdi. O'zbekiston sharafini himoya qilgan kibersportchilar finalda Qozog'istonning "DDEAD" jamoasiga qarshi kurashishdi. Qiziq kechgan hal qiluvchi o'yin 3ta xarita (karta)dan iborat bo'ldi va afsuski, qozog'istonliklar turnir g'olibiga aylanishdi. SHunga qaramay finalga chiqqan ikki jamoa yanvar oyining boshida o'tkaziladigan Dota 2 bo'yicha Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bundan tashqari boshqa yo'nalishlar (Counter-Strike va PES2020) bo'yicha ham vakillarimiz Osiyo chempionatiga chiqishdi.
Hamyurtimiz Sanjar Kuliev (SANJI) o'ynayotgan "Avangar" jamoasi (Counter-Strike) va PES2020 bo'yicha Markaziy Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan Salohiddin Esanov Kuala-Lumpurdagi turnir yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar