Keyn va Son - APL rekordchilari
08 mar 2021 15:34
Yangiliklar


Keyn va Son - APL rekordchilari
"Tottenxem" APL 27-turi doirasida "Kristal Pelas" (4:1)ni mag'lubiyatga uchratdi.
O'yinda Son Xyon Min hujumdagi sherigi Xarri Keynga golli pas berdi. SHunday ekan "shporlar" hujum juftligi Angliya chempionatining joriy mavsumida bir-birlariga 14 bor assist amalga oshirishdi.
Ular "Blekbern" sobiq o'yinchilari Alan SHirer - Kris Satton duetining rekordini yangilashdi. Bu juftlik mavsumda 13ta assist amalga oshirishgan.
"Tottenxem" ayni damda Angliya chempionatida 45 ochko bilan jadvalda 6-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar