Keyn Tuxelga "Bavariya"ga o'tishni istayotganini aytdi. Hujumchining maqsadi YCHLni qo'lga kiritish

Administrator
5 iyul 2023, 22:20
Bu xabarni nufuzli Bild nashri xabar berdi.

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel va sport direktori Xasan Salixamidjich London shahriga borishdi. Bu safardan maqsad – ikki o'yinchi, Deklan Rays va Xarri Keyn bilan shartnoma imzolash. 

Bild nashrining yozishicha, "Bavariya" vakillari Keynning uyida uchrashuv o'tkazishgan. Suhbat ajoyib o'tgan va yakunda hujumchi Myunxen klubiga o'tishga rozi bo'lgan.

Keyn bu qarorga kelishiga sovrinlar sabab bo'lgan. Xarri yaqin yillar ichida YCHLni qo'lga kiritmoqchi. Uning so'zlariga ko'ra, bu motivaciya har qanday puldan ustunroq.

Ma'lumot uchun, avvalroq "Bavariya" Keyn uchun 93 mln evro berishga tayyorligi ma'lum qilingandi. Biroq, "Tottenxem" bu taklifni rad etishni maqsad qilgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Bild