Keyn "Tottenxem"da qolmoqchi emas, "Bavariya" yana taklif jo'natmoqchi
12 iyu 2023 00:50
Yangiliklar


Keyn "Tottenxem"da qolmoqchi emas, "Bavariya" yana taklif jo'natmoqchi
"Bavariya" hali hamon Xarri Keyn transferi borasida mulohazalar olib bormoqda.
"Tottenxem" forvardiga shartnoma taklif qilgan, biroq Keyn shartnomani uzaytirishni istamagan. Undan tashqari, kelasi yil ham emas, shu yozning o'zidayoq Germaniya chempionlari tarkibiga o'tish harakatiga tushib qolgan. Buni hisobga olgan Germaniya klubi ham uchinchi rasmiy taklif jo'natishga tayyor turibdi. "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel bir necha kunlar oldin hujumchi bilan Londonda uchrashgan va suhbat olib borgan.
Vaziyatni PSJ ham kuzatib bormoqda. Oldinroq Keynni "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi bo'lgan, biroq "shporlar" asosiy raqibiga futbolchisini sotishni istamagandi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 21

Fikrlar