Keyn maoshini oshirishlarini so'ramoqda
26 avg 2021 20:45
Yangiliklar
Keyn maoshini oshirishlarini so'ramoqda
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn unga ko'proq to'lashlarini talab qilyapti.
Manbaga ko'ra, futbolchining "Manchester Siti"ga o'tish rejasi o'xshamaganidan keyin maosh masalasi bo'yicha savolni o'rtaga tashladi.
Yulduz hujumchi hozir yiliga 18,2 million evro ishlab topadi. Ammo u bu raqamni 24,3 millionga etkazmoqchi.
Keyn o'tgan mavsumda 49 o'yinda 33 ta gol urdi va 17 ta golga assistentlik qildi. Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar