Keyn: "Mag'lubiyatdan vahimaga tushmasligimiz kerak"
27 noy 2025 11:59
Yangiliklar
Keyn: "Mag'lubiyatdan vahimaga tushmasligimiz kerak"
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn "Arsenal"ga mag'lub bo'lganidan keyingi his-tuyg'ularini tushuntirdi.
Jamoalar Chempionlar Ligasining 5-turida to'qnash keldi. O'yin 3:1 hisobida londonliklar foydasiga yakunlandi.
Keynning takidlashicha, "Bavariya" ikkinchi bo'limda kuch va shiddatni yo'qotgan. Germaniya klubi ko'plab yakkakurashlarda yutqazgani yakuniy natijaga tasir ko'rsatgan.
"Kutilganidek, qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'lim yaxshi kurash olib bordik va o'yin teng darajada o'tdi. Ikkinchi bo'limda o'sha kuch va shiddat yo'q edi, biz juda ko'p yakkakurashlarda mag'lub bo'ldik. Bu — mavsumdagi birinchi mag'lubiyatimiz. Bundan vahimaga tushmasligimiz kerak, lekin bundan albatta xulosa qilamiz", – dedi Keyn.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar