Keyn: "JCH-2022 ga yaxshi jismoniy holatda borishni xohlayman"
24 mar 2022 19:58
Yangiliklar
Keyn: "JCH-2022 ga yaxshi jismoniy holatda borishni xohlayman"
Londonning "Tottenxem" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn o'z kelajagi borasida fikr bildirdi.
Yulduz futbolchining "shporlar" bilan kelishuvi 2024 yilgacha amal qiladi. U o'tgan yozda "Manchester Siti"ga o'tishni istagandi.
"Ushbu mavsumni "Tottenxem"da tugatib qo'ymoqchiman. Keyin nima bo'lishini hozircha bilmayman. JCH-2022 ga yaxshi jismoniy holatda borishni xohlayman", – dedi angliyalik.
28 yoshli Keyn ushbu mavsumda "Tottenxem" safida 41 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar