Keyn jamoaviy mashg'ulotlarga kirishdi
17 avg 2021 20:26
Yangiliklar
Keyn jamoaviy mashg'ulotlarga kirishdi
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn bugundan jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashishni boshladi.
Oldinroq futbolchi uni "Manchester Siti"ga sotmaganliklari tufayli "shporlar" mashg'ulotlariga boykot elon qilgani haqida xabar berilgandi.
Rasmiy bayonotda yulduz hujumchining yo'qligi tatildan keyingi karantin bilan bog'liq, deya aytilgan edi.
Keyn o'tgan mavsumda 49 o'yinda 33 ta gol urgan va 17 ta golga assistentlik qilgan. Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar