Keyn: “Beyl o'yindan o'yinga kuchayib boradi”
02 noy 2020 08:30
Yangiliklar
Keyn: “Beyl o'yindan o'yinga kuchayib boradi”
“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn APL 7-turi doirasida “Brayton”ga qarshi (2:1) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yindan oldin APL musobaqa jadvalida 2-o'ringa chiqib olish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanligimiz haqida gaplashgandik. Buning uchun chin yurakdan ishlashga to'‘ri keldi. Garetning maydonga tushib, o'yinga tasir ko'rsata olganidan xursandman. Bu bizning g'alabamiz uchun kerak narsa edi. U biz bilan mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida ko'p ham qatnashmagandi. Asosiysi formaga kirib olish. Biz Garetning o'zining eng yuqori darajasida nimalarga qodir ekanligini bilamiz. O'yindan o'yinga u kuchayib beradi. Har bir futbolchining foyda keltira olishi “Tottenxem”ga kerak bo'lgan narsa. Biz ochkolarni boy berdik, bu safar ham shunday bo'lishi mumkin edi. Ammo biz o'z xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqaramiz”, — dedi Keyn.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar