Keyn Angliya terma jamoasida jarohat oldi
11 okt 2020 11:47
Yangiliklar


Keyn Angliya terma jamoasida jarohat oldi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi mashg'ulotlarida jarohat oldi.
Keyn Millatlar Ligasi doirasidagi Belgiya terma jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. 27 yoshli forvard mashg'ulotlar so'nggida mushaklaridagi muammolardan shikoyat qildi.
"Tottenxem" Keynni klub ixtiyoriga qaytarishni so'radi, ammo Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt futbolchini termada qoldirdi.
Keyn joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar