So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  22 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  86 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

Keyingi yil oliy ligani qachon boshlab qachon tugatamiz? Yangiliklar

Keyingi yil oliy ligani qachon boshlab qachon tugatamiz?

Garchi oliy liga keyingi yildan Super liga deb nomlanadigan bo'lsa-da, hamon oliy liga deyishga o'rganib qolganmizmi yoki bo'lmasa "Super" so'ziga hozircha ko'nika olmaymi, sarlavhaga bejizga oliy liga deb yozmadik.

Nom o'zgargani bilan sifat o'zgarmasa qiyin. Mayli, Super liga ham deya qolaylik, lekin shunga yarasha o'yinlar super bo'lishini kutib qolamiz. PFL kelasi yil Super ligada 12ta jamoa qolishini va musobaqa to'rt bosqichli tizimda o'tishini hamda jami turlar soni 38ta bo'lishini malum qilganidan so'ng tabiiy savol tug'iladi: 38ta turni qaysi kunlarga qo'yamiz?

SHu paytgacha 16 jamoadan iborat 30ta turni bir amallab o'tkazib keldik. Bu yilning o'zida bir qancha o'yinlar muddati o'zgarganiga guvoh bo'ldik. Avvalo shuni aytish kerak, chempionat taqvimini tuzish oson emas. Buning har bir musobaqa va bayram kunlarini inobatga olish kerak bo'ladi.

O'tgan yil 15 dekabr kuni oliy liga bahslariga qura tashlangandi. Lekin bu yil bunday bo'lmadi. PFL qachonki Super ligada qatnashadigan 12ta jamoa nomi rasman aniq bo'lganidan keyin qura o'tkazishni mo'ljallab turibdi. Bu esa fevral oyiga borib taqalishi mumkin. CHunki PFL 1 fevralga qadar Super ligada ishtirok etishi kerak bo'lgan klublarga licenziyalash talablarini bajarish muhlatini bergan. Super ligaga qachon qura tashlanmasin, 38ta turni bir yilga qanday sig'diramiz? Quyida shu haqda so'z boradi. Buning uchun har bir oyga alohida to'xtalamiz.

YANVAR
Gapni yanvardan boshlaydigan bo'lsak, garchi bu oyda ichki chempionatga start berilmasa-da, o'zimiz uchun bilib qo'ygan yaxshi. Yanvarda bizni Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati, shuningdek 30 yanvar kuni o'tkaziladigan Osiyo chempionlar ligasi pley-off o'yinlari kutib turibdi. "Nasaf" o'z maydonida "Al Faysali"ni qabul qilsa, "Paxtakor" safarda "Al Garafa" mehmoni bo'ladi.

9-27 yanvar. U-23 Osiyo chempionati (Xitoy)

30 yanvar. OCHL. Pley-off
"Nasaf" - "Al Faysali" (Iordaniya)
"Al Garafa" (Qatar) - "Paxtakor"

FEVRAL
Yaxshi niyat qilgan holda "Paxtakor" bilan "Nasaf" pley-offdan o'tib OCHL guruh bosqichiga yo'l oldi deb hisoblaymiz. Kelasi yil OCHL guruh bahslari 12 fevraldan start oladi. Va shu oyning o'zida dastlabki ikkita tur o'tkaziladi. Balki bizda ham Superliga fevraldan boshlanishi mumkin.

12 fevral. OCHL. Guruh bosqichi
"Lokomotiv" - "Al Vahda"
12 fevral. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Jazira" - "Al Garafa"/"Paxtakor"
13 fevral. OCHL. Guruh bosqichi
"Persepolis" - "Nasaf"/"Al Faysali"

19 fevral. OCHL. Guruh bosqichi
"Zobaxan"/"Aizavl" - "Lokomotiv"
19 fevral. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Garafa"/"Paxtakor" - "Traktorsozi"
20 fevral. OCHL. Guruh bosqichi
"Nasaf"/"Al Faysali" - "Al Vasl"

MART
Martdan boshlab ish qiziydi. Bunda ham OCHLning ikkita tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Mart oyida FIFA kunlari ham bor. Bundan tashqari, 27 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

5 mart. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Garafa"/"Paxtakor" - "Al Ahli"
6 mart. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Duhayl" - "Lokomotiv"
5 mart. OCHL. Guruh bosqichi
"Nasaf"/"Al Faysali" - "Al Sadd"

12 mart. OCHL. Guruh bosqichi
"Lokomotiv" - "Al Duhayl"
13 mart. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Ahli" - "Al Garafa"/"Paxtakor"
13 mart. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Sadd" - "Nasaf"/"Al Faysali"

19-27 mart. FIFA kunlari
27 mart. O'rtoqlik uchrashuvi
Marokash - O'zbekiston

APREL
Aprelda FIFA kunlari yo'q. Lekin OCHLning oxirgi ikkita turi bo'lib o'tadi. 17 aprel kuni Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslariga yakun yasaladi.

2 aprel. OCHL. Guruh bosqichi
"Nasaf"/"Al Faysali" - "Persepolis"
3 aprel. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Garafa"/"Paxtakor" - "Al Jazira"
3 aprel. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Vahda" - "Lokomotiv"

16 aprel. OCHL. Guruh bosqichi
"Al Vasl" - "Nasaf"/"Al Faysali"
17 aprel. OCHL. Guruh bosqichi
"Traktorsozi" - "Al Garafa"/"Paxtakor"
17 aprel. OCHL. Guruh bosqichi
"Lokomotiv" - "Zobaxan"/"Aizavl"

MAY
May oyining birinchi haftasida OCHL 1/8 final dastlabki uchrashuvlar bo'lib o'tadi. O'yinlar uch kunga bo'lingan va kimning qachon o'ynashi guruh bosqichi yakuniga etganidan so'ng aniq bo'ladi. 14-15-16 mayda javob bellashuvlari belgilangan. Va eng qizig'i, 18 may kuni terma jamoamiz Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Mana shu erda muammoli vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Agar har uchala klubimiz OCHLda guruhdan chiqsa, bu klublardan futbolchilarni MTJga chaqirish muammo keltirib chiqaradi.

7-8-9 may. OCHL. 1/8 final. Birinchi o'yin

14-15-16 may. OCHL. 1/8 final. Javob o'yini

18 may. O'rtoqlik uchrashuvi
Eron - O'zbekiston

IYUN/IYUL
Iyun-iyulda to'rt yillikning eng katta musobaqasi - jahon chempionati bo'lib o'tadi. PFL hozircha jahon chempionati paytida oliy liga o'yinlarini o'tkazmoqchi emas. Lekin musobaqa payti o'zimizda ichki chempionat bahslari davom etgani maqul. Agar terma jamoamiz chiqqanida boshqa gap edi. Qolaversa, mundialda aksar uchrashuvlar kechqurun o'tkaziladi. O'ylashimizcha, jahon chempionati bizning Super ligaga xalaqit bermaydi.

14 iyun - 15 iyul. Jahon chempionati

AVGUST
Avsgust oyida Osiyo chempionlar ligasining chorak finalidan o'rin olgan birinchi bellashuvlar bo'lib o'tadi. Bu oyda FIFA kunlari yo'q.

27-28-29 avgust. OCHL. 1/4 final. Birinchi o'yin

SENTYABR
Sentyabrda FIFA kunlari bor, shuningdek, OCHL o'yinlari davom ettiriladi. Hozircha terma jamoamizning FIFA kunlaridan qanday foydalanishi malum emas.

3-11 sentyabr. FIFA kunlari

17-18-19 sentyabr. OCHL. 1/4 final. Javob o'yini

OKTYABR
Oktyabr ham tig'iz oylar sirasiga kiradi. Bunda terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi, qolaversa, Osiyo chempionlar ligasining yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi.

1-2-3 oktyabr. OCHL. 1/2 final. Birinchi o'yin

8-16 oktyabr. FIFA kunlari

22-23-24 oktyabr. OCHL. 1/2 final. Javob o'yini

NOYABR
Noyabrda ham FIFA kunlari bor, shuningdek Osiyo chempionlar ligasining final bahslari bo'lib o'tadi.

3 noyabr. OCHL. Final. Birinchi o'yin

10 noyabr. OCHL. Final. Ikkinchi o'yin

12-20 noyabr. FIFA kunlari

DEKABR
Dekabrda faqat klublar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi. Agar bizdan kimdir OCHLda g'olib chiqsa, shu musobaqaga boradi.

12-22 dekabr. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati

Xulosa o'rnida
38ta turni bir yilga qanday taqsimlab chiqish ko'pchilikka qiziq ko'rinayotgan bo'lishi mumkin. SHu bois PFL taqvim tuzayotganda yuqorida keltirilgan musobaqalarni albatta inobatga oladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Kubogi o'yinlari ham o'tkazilishini unutmaylik.

Hozircha Kubok qanday tartibda o'tishi malum emas. Qolaversa, bizda 8 mart, 9 may, Mustaqillik kuni, Navro'z va Hayit bayramlari kabi bayramlarimiz ham bor. O'ylaymizki, PFL qura o'tkazish jarayonida hamda taqvim tuzayotganida etti o'lchab bir kesadi va keyingi yil biz rostanam Super liga nomiga muvofiq shiddatli o'yinlar ko'ramiz.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика