Keyingi mavsumdan Angliya kubogi qoidalariga muhim o'zgartirish kiritiladi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2024
2024/2025 yilgi mavsumdan boshlab Angliya kubogida 3-bosqichdan so'ng qayta o'yinlar bekor qilinadi.

Agar o'yinda durang qayd etilsa qo'shimcha taymlar belgilanadi. Agar unda ham g'olib aniqlanmasa penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Qayta o'yinlarni bekor qilish orqali klublarda qo'shimcha dam olish kunlari paydo bo'ladi.

Angliya kubogining 1 va 2-bosqichlarida asosan quyi divizion klublari ishtirok etishadi. 3-bosqichda musobaqaga APL klublari qo'shilishadi.

Eslatib o'tamiz, 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab Angliya kubogida 5-bosqichdan (1/8 final) keyin qayta o'yinlar bekor qilingan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: talksport.com