Kevin yaqin 48 soat ichida yangi klubi bilan shartnoma tuzadi - Fabricio Romano
27 may 15:28
Yangiliklar


Kevin yaqin 48 soat ichida yangi klubi bilan shartnoma tuzadi - Fabricio Romano
"Manchester Siti" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne yaqin soatlarda Neapolga keladi.
U "Napoli" bilan 3 yillik kelishuv shartlarini kelishib olishi lozim. Italiyaliklar yaqin 48 soatda shartnomaga imzo chekilishidan umidvor. De Bryuyne erkin agent sifatida o'tadi va 3 mavsumda 27 mln evro ishlab topadi.
Avvalroq "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis belgiyalik futbolchi faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar