Kevin Kurani: “Rossiyada yana o'ynash niyati bor”
13 fev 2016 00:55
Yangiliklar
Kevin Kurani: “Rossiyada yana o'ynash niyati bor”
SHuningdek, Germaniyaga qaytishi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Uning bundesligaga qaytishi hozircha omadli chiqmadi. U birorta gol ura olmadi va “Xoffenxaym” autsayderlar qatorida yuribdi.
– Bundesliga shunchalik kuchaydimi yoki Kurani avvalgidek emasmi?
– Bundesliga yangi saviyaga chiqdi – bu aniq. Mavsum boshiga yaxshi holatda etib kelmadim. Uzoq vaqt jamoasiz tayyorlandim, keyin “Xoffenxaym” varianti paydo bo'ldi. Murabbiy meni darhol asosiy tarkibga qo'ydi. Unga bunday qilmasligini ham ayta olmasdim. Afsuski, to'liq tayyor emasdim. Jamoa yordamimga zarur edi. Oqibatda jismonan o'raga tushib qoldim. So'ng yana jarohat oldim. Qishki tanaffusdan keyin o'zimni yaxshiroq sezyapman.
– Mavsumning qolgan qismiga maqsadlar qanday?
– Avval har mavsumda 10tadan kam gol urmasdim. Maqsad aniq: yozgacha 10ta gol urish. Bu hazil, albatta. Birinchi davrada biror ochko yig'a olmasang, eng yaxshi to'purar bo'lish uchun kurashish haqida gapirish mantiqsiz. “Xoffenxaym” oxirgi o'rinlardan yuqorilashi uchun qo'limdan kelgan hamma ishni amalga oshiraman.
O'zim uchun yangi holatga tushib qoldim. Jamoam tushib ketish o'rinlaridan birida, men esa gol urolmayapman. Barchasi oldingidan qiyinroq. Baribir ijobiy fikrlashda davom etyapman. Yanada jiddiyroq mashq qilib, maydonda keskinroq bo'lishim darkor. Balki, jamoadagi faxriy o'yinchilardan biri sifatida kiyinish xonasida ko'proq so'zlashim kerakdir.
– “Xoffenxaym” uchun birinchi uchrashuvda sizni nima ko'proq ajablantirdi?
– Stadiondagi muhit. Men Germaniyada bo'lmagan 5 yilda futbol atrofida ajiotaj yanada o'sibdi. Qaerda o'ynasak, barcha stadionlar to'la. Qaerdadir anglash kuzatilmagan holatlar ham bo'ladi, lekin kamida 80 foiz o'rindiq band qilinadi.
– Turnir jadvalida oxirgi o'ringa tushib ketgan holatda hammi?
– Muxlislar qiyin vaziyatda ham jamoa bilan qolishadi. Germaniyada shunday.
– Sizni tezlik hayratda qoldiradi deb o'ylamagandim.
– Germaniyada o'yin Rossiyadan tezroqligini inkor etish axmoqlik. Lekin bu Rossiyada sekin va yomon futbol o'ynalishini bildirmaydi. U erda futbol boshqacha.
– Rossiyadan keyin nemischa uslubga ko'nikishda qiyinchilikka duch kelmadingizmi?
– Maydonda tez qarorga kelish men uchun muammo emas. Rossiyada bundesligada o'zini ko'rsatishi mumkin bo'lgan futbolchilar etarlicha. Duglas Kostani oling. U “Bavariya”ga Ukraina chempionatidan keldi, deyarli Rossiya bilan bir xil saviyadagi ligadan. U jahondagi eng yaxshi klublardan biri safida eng yaxshi bo'lishga tushdi. CHempionatda ham eng yaxshi futbolchilardan biri. Ukrainada futbolning tez emasligi o'yinchiga bundesligada o'zini ko'rsatishga to'siq bo'lmadi.
– “Dinamo”ni kuzatishga vaqtingiz bormi?
– Albatta. Sobiq jamoadoshlarim bilan doim muloqot qilaman. Boris Rotenberg uchun xursandman. U o'ynayotgan “Rostov” CHempionlar ligasi uchun kurashmoqda. “Dinamo”da esa ishlar yaxshi emas. Yaqinda jamoadoshlarim bilan muloqot qilgandim. Ular hozircha o'zlarida emas.
– Qachon Rossiyani sog'inganingizni his qildingiz?
– Borsh ichishni xohlaganim kunimda. Atrofda rus restoranlarini uchratmaganimcha. Yana jamoa va futbolchilarni sog'inyapman. Juda yaxshi davrlar edi. Men va oilam uchun. Moskvada o'g'limning eng yaxshi do'sti qolgan. Har doim o'g'lim u bilan yozishib o'tiradi.
– Qo'rqinch bilan eslaydigan biror narsangiz bormi?
– Qishki yig'inlar. Bu haqiqiy sinovdir. Haftalab oila azolaringni ko'rmaysan. Germaniyada hammasi boshqacha. Bu erda mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik bir oydan ko'proqqa cho'ziladi. Safarlarga esa bir haftaga ketamiz xolos.
– Roman Noyshtedter mart oyida Rossiya terma jamoasi uchun debyut qilishi mumkin. Bunga qarshi emasmisiz?
– Uning onasi rus, shunday ekan, bu erda biror g'alati narsa yo'q. Roman terma jamoani kuchaytira oladigan futbolchi. Yozda uning shartnomasi tugaydi va biror rus klubida paydo bo'lishi ham mumkin. Ehtimol, u biror klub bilan shartnoma imzolagandir. Rus klublariga uni kuzatishni tavsiya qilgan bo'lardim. U avval bir o'yinda maydonga tushsin, qandayligini bilib olamiz.
– Kelajakda rejalar qanday, Kevin?
– Yozda “Xoffenxaym” bilan shartnomam tugaydi. Keyin Rossiyada 1-2 yil o'ynashni mo'ljallayapman.
– Rostdanmi?
– Hazil. Lekin nima uchun yo'q? Men Rossiyani yoqtiraman! Bundesligada jamoalar pastdan o'ynab, havodan to'p oshirishlarni kamaytirgan. Bunda o'zimni ko'rsatishga imkoniyat kam. Rossiyada esa boshqacha futbol o'ynaladi. Havodan to'p oshirishlar va bosh bilan o'ynash mumkin. Bu menga zarur o'yindir.
– Avstraliyadan taklif borligini bilaman, lekin Sidney juda uzoq. Moskva yaqinroq.
– “Dinamo”ga qaytasizmi? Yoki “Spartak”da o'ynaysizmi?
– Futbolda hamma narsa mumkin. Hozircha hech narsani rejalashtirmadim. Hozir “Xoffenxaym”ga o'radan chiqishga yordam berishim lozim. Jamoa uchun foyda keltirishni istayman. Faoliyatim bundesligadan tushib ketish bilan yakunlanishi haqida o'ylashni ham istamayman. Golsiz mavsum ham kerak emas. Ishlashga sabablar bor.
Rossiyaga esa ertami-kechmi, qaytaman. CHunki bu davlatni yoqtiraman va uni sog'inganman.
Behzod Nazarov tayyorladi.
Fikrlar