So’nggi yangiliklar

14:13Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  0 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  4 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  15 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1

Kevin De Bryuyne: "Hozir Mourinoga etirozim yo'q" Yangiliklar

Kevin De Bryuyne: "Hozir Mourinoga etirozim yo'q"

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryuyne shanba kuni “Manchester Siti” tarkibida yangi klubi safida birinchi golini “Vest Xem” darvozasiga urdi, biroq bu golning foydasi bo'lmadi.


“Siti” o'z maydonida imkoniyatni boy berdi. O'tgan yozning eng qimmat futbolchisiga aylangan yarim himoyachi jurnalistlar bilan suhbatda turli qiziqarli savollarga javob qaytardi. Angliyaga qaytish sababi, yaqin 6 yil ichida ishlab topadigan 100 million evroni nimalarga sarflashi, “CHelsi”da o'ynashiga nimalar sabab bo'lgani haqida gapirib berdi.

– Kevin, nega faoliyatingizni davom ettirish uchun “Manchester Siti”ni tanladingiz. “Bavariya” yoki “PSJ”ni emas?

– CHunki “Siti” boshqa jamoalardan ko'ra dadilroq bo'ldi va ildamroq harakat qildi. Inglizlar birinchi marta shu yilning fevral oyida bog'lanishgandi. SHundan keyin deyarli har kuni suhbatlashdik. Transfer oldidan oxirgi haftalarda kuniga bir necha martadan suhbatda bo'ldik.

Ikki klub o'rtasida muzokara ancha qiyin kechganini tan olish kerak. Lekin “Manchester Siti” oxirigacha ishonchli va to'g'ri bo'lib qoldi. “Siti”dek jamoa bunga shunday kirishgan ekan, demak klub rostdan ham senga ishonadi va sendan umid qilmoqda.

Matbuotda shartnoma 76 millionga tuzilgani haqida yozildi. Bu summa o'z vaqtida “Real” Zidanga to'lagan pul bilan baravar. Hamyurtingiz Eden Azar “CHelsi”ga ikki barobar kamroq pul evaziga o'tgandi. Mantiqdan kelib chiqsak, siz Azardan ikki marta kuchliroq bo'lishingiz kerakmi?

– Bu to'g'ri mantiq va taqqoslash emas. Eden “CHelsi”ga 3 yil avval o'tgan va bu vaqtda uning transfer narxi 2-3 barobar o'sdi. SHuningdek, transfer narxi ommaga malum bo'lmagan turli jihatlar orqali kelib chiqadi. Buni barcha ham yaxshi anglamaydi.

– Lekin ko'pchilik odamlar uchun bunday transfer summasi hayratga tushiradigan voqea sifatida qabul qilinishini tushunsangiz kerak.

– Ha, ushbu sport turida katta pul aylanmoqda. Bugungi kun futbolining asli, undan hech qaerga qochib bo'lmaydi. Bu qoidalarni men o'ylab topmaganman, lekin unga amal qilgan holda yashashim kerak. Bunga faqat futbol taalluqli emas. Atrofga boqing, boshqa sohalarda ham katta summalar aylanyapti. Masalan, bank sohasida. Biroq bu to'g'risida kam yozishadi va gapirishadi.

Ha, bahslashmayman, bugun katta pul ishlab topmayman. Biroq bu puldan qonun bilan muammoga ega bo'lmaslik va xotirjam uxlash uchun soliqqa qancha to'lashimni tasavvur ham qila olishmaydi.

Volfsburg”da jamoa o'yini sizning atrofingizda qurilgandi. “Siti”da esa yulduzli tarkibning bir azosiga aylandingiz. David Silva, Yaya Ture, Serxio Aguero... Bunday raqobat sizni cho'chitmaydimi?

– “Volfsburg”ga o'tganimda birdaniga asosiy futbolchi bo'lmaganman. Har qanday o'yinchiga yangi jamoaga ko'nikib ketish uchun vaqt kerak bo'ladi. Agar sen haqiqiy saviya va imkoniyatingni ko'rsata olsang, jamoadoshlaring senga hurmat bilan munosabatda bo'lishadi, ishonishadi va o'zinikidek qabul qilishadi. O'yinda buni darhol his qilasan. “Siti”ga kelsak, bu erda ishonchga ega bo'lish uchun bunga munosib bo'lish darkor. Lekin bir narsaga sizni ishontirishim mumkin: klub menga to'lagan puli uchun hech qachon afsuslanmaydi!

– “Manchester Siti”da faoliyatingiz boshida juda ko'p o'yin vaqtiga ega bo'lmaslik ehtimoli sizni xavotirga solmayaptimi?

– Men uchun bu muammo emas. O'tgan mavsumda 57 uchrashuvda ishtirok etdim. Bu kam emas. To'g'risini aytsam, o'zim ham bir oz dam olish va kuch yig'ish uchun bazi o'yinlarni zaxirada o'tkazishni orzu qilayotgandim.

Volfsburg”da siz klassik 10-raqamli futbolchi o'rnida o'ynagansiz. Bu siz uchun ideal poziciyami?

– Ha, hujum markazida o'zimni suvdagi baliqdek his qilaman. Boshqa poziciyalarda ham muvaffaqiyatli o'ynaganman. “Siti”da bu to'liq murabbiy qaroriga bog'liq bo'ladi va voqealarning har qanday rivojiga tayyorman.

Yaqin 6 yil ichida siz deyarli 100 million evro ishlab topasiz. Bunday katta pul bilan nima qilmoqchisiz? Qimmat mashina sotib olishmi yoki bankka foizlar ishlab topish uchun qo'yishmi?

– To'g'risi, bu haqida hali jiddiy o'ylab ko'rmadim. Birinchi navbatda o'zimga qulay, katta va keng uy quraman. Bryuseeldan uzoq bo'lmagan Limburg provinciyasida yaxshi joy sotib olganman. Mashina ham zarur, lekin men o'ta qimmat va hashamatli mashinalar ishqibozi emasman. Avto men uchun ishonchli va qulay harakatlanish vositasi, boshqalar oldida ko'z-ko'z qiladigan narsa emas. Balki, vaqt o'tishi bilan yashash joylari qurilishiga sarmoya kiritarman. Yana biror quyoshli dengiz yaqinidan shinam uy sotib olishni orzu qilaman. Tatilni to'liq zavq bilan o'tkazish uchun bu zarur.

– Buning uchun aniq joyni tanlab bo'lganmisiz?

– Menga Los-Anjelesda dam olish yoqadi. Do'stlarim bilan u erda bir necha marta bo'lganman. Yana “Gelaksi” uchrashuvlarini tomosha qilish uchun ham. Faoliyatimni ushbu klubda yakunlash ham yomon bo'lmasdi.

Futbolda faoliyat uchun diplomingiz unchalik asqotmadi. Maktabda haqiqiy alochi o'quvchi bo'lgansiz.

– Ha, shunday bo'lgandi. Ayniqsa, tillarni oson o'rganardim. Hozir ingliz, golland, francuz va nemis tillarida erkin muloqot qilaman. Yana ispanchani o'rganishni orzu qilaman. Bunday holda bemalol dunyo bo'ylab sayohat qilish mumkin. Maktabda matematikadan muammoga ega edim. SHunday ekan, moliyaviy ishlarim bilan otam shug'ullangani maqulroq. SHunda bu ishonchliroq bo'ladi (kuladi).

– “CHelsi”ga o'tgach, Mourino tomonidan doimo tanqid qilingansiz. U sizga ishlash uchun xohish va qatiylik etishmasligi, mashg'ulotlarda yarim kuch bilan mehnat qilganingiz to'g'risida gapirgan. U o'sha paytda haq edimi?

– Buni tahlil qilishim qiyin. “CHelsi” va bugungi kun o'rtasida ko'p yillik farq bor. “CHelsi”ga o'tganimda 19 yoshda edim va 21 yoshimda Mourino qo'l ostida ishlashni boshlaganman. Hozir ortimda bundesligada o'tkazilgan ikki yaxshi mavsum bor va bir narsani aytishim mumkin: o'sha paytdagi va hozirgi De Bryuyne umuman boshqa futbolchilardir.

– Fantastik o'sib borishingizga qaramay, Mourino hozirga qadar siz haqingizda birorta iliq fikr bildirmagan.

– Bu meni tashvishlantirmaydi, chunki bu har bir professional futbolchining hayotida ajratib bo'lmas qismdir. Kimgadir o'yining va uslubing yoqadi, boshqa birovga esa yo'q. Bir kishi sen tomonga olqish va maqtovlarni yog'diradi, boshqasi tanqid qiladi. Faoliyatimda bularning barchasini his qilganman va hali yana boshimdan o'tkazaman. Muhimi, tanqid va olqishlarni to'g'ri qabul qilish va ularga munosabat bildira olishdir. Bunday vaziyatda yana yaqinlaring va do'stlaring tomonidan ishonchli ko'mak va to'g'ri tushunishga ega bo'lish muhim. Bu jihatdan meni taqdirning yoqimtoyi sifatida aytsa bo'ladi.

– “CHelsi” bilan o'yinda Mourinoning qo'lini siqib qo'yasizmi?

– Buni qilmaslik uchun biror manoni ko'rmayapman. Har qanday holatda tarbiyali va tartibli inson bo'lib qolish darkor. O'tmishda va hozir u menga qanday munosabatda bo'lmasin, unga nisbatan menda hech qanday etiroz yo'q.

Terma jamoa haqida savol. Evro-2016da yarim finalgacha etib borishni ko'pchilik Belgiya uchun yaxshi natija sifatida baholayapti. Siz uchun-chi?

– Bunday turdagi fikrlarni tushunmayman. Bu shunchaki axmoqlik! Evropa chempionatining final bosqichiga chiqar ekansan, faqat turnirda g'alaba qozonishni maqsad sifatida qo'yish kerak, yarim final bilan qoniqishni emas. Belgiya terma jamoasi musobaqaning asosiy favoritlaridan biri, bu esa yuta olishga qodir ekanligimizni ko'rsatadi. Va biz favoritlikdan turnir g'olibiga aylanish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

Kevin De Bryuyne kundalik hayotda qanday? Aytaylik, uyingizni o'zingizni yig'ishtirasizmi?

– Har qanday uy yumushi men uchun qiyin emas. Sabrim etmaydigan birgina narsa – dazmollash. Gap shundaki, sport internatiga juda yosh joylashganman, shuning uchun barcha narsani o'zim qilishimga to'g'ri kelgan. Faqat o'zim uddalashim kerak edi. Bu men uchun yaxshi hayot maktabi bo'lgan.

Taom tayyorlashni bilasizmi?

– Katta zavq bilan! Men va sevgan qizim mazali ovqatlarni tanovul qilishni yoqtiramiz. Yangi va ekologik toza mahsulotlardan taom tayyorlashga etibor beramiz. Tailand va Belgiya oshxonasi taomlarini yoqtiramiz. O'yin va mashg'ulot bilan ovora bo'lganimda oshxonada sevgilim band bo'ladi. Agar menda bo'sh vaqt bo'lsa, unda biror mazali ovqat tayyorlayman.

Taom tayyorlash borasida internatni tugatganimdan keyin 19 yoshimda o'rganishni boshlaganman. CHunki o'zim yashardim. Taqdir shunga majbur qilgan. Bu esa mening tengdoshlarimga nisbatan tezroq ulg'ayishim va barcha narsani o'zim uddalay olishimga yordam berdi. Uydan uzoqda yashashimga to'g'ri kelganimga qaramay, ota-onam bilan eng yaxshi munosabatlarimiz hamisha saqlanib qolgan.

– Bolalikdan boshlab futbol bilan shug'ullanganingizga ularning munosabati qanday bo'lgan?

– Ular tanlovimga xalal berishmagan, biroq bir shart qo'yishgan – qiziqishim o'qishimga xalal bermasligi kerak edi. Boshqa ota-onalardan farqli ravishda ular o'yinimni to'g'ri baholashgan: agar arzisam, olqishlashgan, kerak bo'lsa, tanqid qilishgan. Eng muhimi esa ular menga umuman bosim o'tkazishmagan va shunchaki maqtadigan insonlar ham bo'lishmagan.

Hozir ko'pchilik ota-onalarning xatosi o'g'lini futbolga bera turib, undan kelajakda yulduz chiqishini kutib, bolaga doimo talabni oshirib borishadi, katta ruhiy bosim o'tkazishadi. Bunday qilish kerak emas. Keyin oradan 2-3 yil o'tib, farzandlari nega futbolni bunchalik yoqtirmay qolganini tushunishmaydi.

Tengqurlarim orasida ota-onalaring shunday xohishi qurbonlariga aylanganlar kam emasdi. Ular har qanday sport turini yoqtirmay qolishgan. Ota-onam boshqacha nazar tashlagani va bunga o'zgacha yondoshganidan xursandman.

Bolalikdan etakchilik va g'oliblik mentaliteti ishlab ketganmi?

– Ha. Yoshligimda ham maydonga faqat g'alabani ko'zlagan holda chiqardim. Bu mening xarakterimda mavjud. Bolagimdan yoqtirgan mashg'ulotim do'stlarim bilan futbol o'ynash edi. Televizor, kompyuter qarshisida soatlab o'tirish yoki “PlayStation” o'ynashni yoqtirmayman. O'yin o'ynash uchun zarur texnika menda yaqinda paydo bo'ldi. Dam olish vaqti va tiklanishni o'tkazish uchun shunday qarorga keldim.

Ko'cha futboli sizga nimalarni o'rgatgan?

– Men har ikki oyog'imda muvaffaqiyatli o'ynashni o'rganganman. Og'riqqa chidashni o'rgandim. Ko'z yoshni yashirib, yiqilgandan keyin turish, g'alaba uchun yana va yana oldinga borishni o'zlashtirganman. Ko'chada hozirgi avlod bolalari to'p ortidan tobora kamroq yugurib yurganidan afsuslanaman. Bu yaxshi hayot maktabi va xarakterni shakllantiradi.

– Flandriyada nomingizdan foydalanib, har yili bolalar o'rtasida bir qator turnirlar o'tkaziladi. Nomingizdan tijoriy maqsadda foydalanishgani uchun qandaydir mablag'ga ega bo'lasizmi?

– Nima, kulyapsizmi? Bir cent ham olmayman! Maydonda to'pni rohat bilan tepib yurgan bolalarni ko'rishdan xursand bo'laman va bundan faxrlanaman. Ularga o'rnak va namuna bo'lish ikki baravar faxrli va yoqimli. Bundan tashqari, tashkilotchilarga yordam berish uchun harakat qilaman. Bolalar uchun o'sha turnirlarni haqiqiy bayramga aylantirish lozim. Bundesligada eng yaxshi futbolchi bo'lganim uchun berilgan pul mukofotini aynan shu turnirlarga yaxshi maqsadda sarflagandim.

Futbol yulduzlari orasida turli tatuirovkalarga ega bo'lish urfga aylandi. Nega sizda tatuirovkalar yo'q?

– (Kuladi) Agentim Patrik De Koster ham “Manchester Siti”ga o'tganimga bag'ishlab tatuirovka chizdirishimni so'ragandi. Ehtimol, bunda nimadir bordir, biroq hozir bunga katta xohishim yo'q. Balki, bu men uchun emasdir.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика