Kevin de Bryuyne: "Belgiya bilan "Manchester Siti"dek o'ynay olmaymiz"
25 noy 2022 21:34
Yangiliklar
Kevin de Bryuyne: "Belgiya bilan "Manchester Siti"dek o'ynay olmaymiz"
Belgiya termasi futbolchisi Kevin de Bryuyne milliy jamoa tarkibida "Manchester Siti"dek o'yin ko'rsatib bo'lmasligini aytdi.
"Termada "Manchester Siti" kabi o'yin ko'rsata olmaymiz. Terma jamoada o'zing atrofingdagi futbolchilar bilan o'ynaysan.
Bu meni xursand qiladimi? Ha, biroq o'z darajamni ko'rsatish uchun ko'proq harakat qilishim kerak bo'ladi holos. Men ham rivojlanib borayotgan futbolchilardan biriman va o'z maqsadlarim sari intilaman", - dedi Kevin.
Belgiya termasi JCHning 1-turida Kanadani 1:0 hisobida mag'lub etdi. Termaning navbatdagi uchrashuv Marokashga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikrlar