Ketrin Zeta-Jons: "Men PSJni qo'llab-quvvatlayman va Leoni yaxshi ko'raman"
23 dek 2022 13:24
Yangiliklar
Ketrin Zeta-Jons: "Men PSJni qo'llab-quvvatlayman va Leoni yaxshi ko'raman"
Ketrin Zeta-Jons Lionel Messiga muxlislik qilishini takidladi.
"Men ko'rgan eng yaxshi o'yin! Eshiting, men PSJga muxlislik qilaman, francuzchani yaxshi ko'raman va gapiraman, yuragim ularniki.
Lekin tushuning, men Messini sevaman. Va bilasizmi nima? Turmush o'rtog'im bunga umuman qarshi emas. SHunday ekan... Men yoki boshqa birov uchun yig'lama, Argentina, olg'a!
Qanday yigit! [Erim] butun uydagi Messi haqidagi plakatlarimga parvo qilmaydi, bu juda zo'r", – deb yozdi aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda.
Ketrin Zeta-Jons aktyor va prodyuser Maykl Duglasga turmushga chiqqan. Er-xotin turmush qurganiga 22 yil bo'lgan, ularning ikki nafar farzandi bor.
Fikrlar