So’nggi yangiliklar

14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  0 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  6 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  21 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0

"Ketish" doim ham to'g'ri qaror emas yoxud A Seriyada porlagan futbolchilar Yangiliklar

"Ketish" doim ham to'g'ri qaror emas yoxud A Seriyada porlagan futbolchilar

Xabaringiz bor, yozda A Seriyadan bir qator o'yinchilar boshqa klubga o'tdi.

To'g'ri, Mauro Ikardi yangi klubda o'zini ko'rsata olmoqda. Biroq bazi futbolchilardan muxlislarning umidi katta edi. Bugun aynan ular haqida suhbatlashamiz.


Patrik SHik "RB Leypcig"

CHexiyalik o'z vaqtida "bo'rilar"ning eng qimmat transferi bo'lgandi. To'g'ri, SHik "Sampdoriya"da ajoyib mavsumlar namoyish etdi. Biroq "Roma" juda shoshdi. Bir tarafdan, SHikning imkoniyati ko'p bo'ldi, ammo ikki mavsum ichida u rimliklar safida atigi 5ta gol urdi. Germaniyaga ijaraga o'tish eng yaxshi yo'l bo'lib ko'ringan edi. Lekin afsuski, jarohatlar forvardni tinch qo'ymadi. Hech qancha vaqt o'tmay, to'pig'i shikastlandi va davolanishiga uzoq vaqt ketdi. U sog'lig'iga etibor bermay, CHexiya termasida to'p tepdi va jarohatini yanada kuchaytirib yubordi. SHik yangi klubda bittagina uchrashuv o'tkazishga ulgurdi, ammo "RB Leypcig" klubi afsuslanmasa ham bo'ladi. Sababi, "buqalar"ning gol uradigan o'yinchilari etarli. Ammo "Roma" qishda hujumchisini almashtirishni obdon o'ylab ko'rishi kerak.


Stefan El-SHaaravi "SHanxay SHenxua"

Stefan o'tgan mavsum "Roma" hujum chizig'idagi etakchilaridan biri bo'lgandi. Uning hisobida 11 gol va 6 golli pas bor edi. Bazi bahslarda jamoa u qadar kuchli o'ynay olmagan, ammo birgina El-SHaaravining mahorati tufayli "djalorossi" ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lgandi. Xitoy tomon ketish kutilmagan voqealardan biri bo'ldi. Ha, unga yaxshigina pul to'lashdi va ajoyib shart-sharoitlar taklif qilishdi. El-SHaaravi endigina 27 yoshni qarshilagan va yuqori darajada bemalol o'ynashi mumkin edi. Ammo Stefanning ishlari Xitoyda unchalik ham yurishmayapti: yangi klub safida 7 o'yinda maydonga tushdi va bittagina gol urishga erishdi. Ha, undan bunday natija kutishmagandi. Uni termaga chaqirishdi, biroq Evropa CHempionati-2020ga borish uchun qaydnomaga kirishi oson kechmaydi.


Joau Kanselu "Manchester Siti"

So'nggi yillar A Seriyaning eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi APLga o'tishi katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bir tarafdan, Kayl Uokerga ega "shaharliklar"ga yana bir top lateralning nima keragi bor edi? U APLning 5 bahsida (2tasida asosiy tarkibdan) maydonga tushdi. Qolaversa, CHempionlar Ligasida ham o'zining kuchli tomonini ko'rsata olmadi. Agar "Inter"ni yodga oladigan bo'lsak, u erda ham darhol "porlamagandi". Oldinda "shaharliklar"ni anchagina bahslar kutib turibdi. SHunday ekan, Joauning imkoni bor. Asosiysi ulardan to'g'ri foydalana olsa bo'lgani...


Moyze Kin "Everton"

O'tgan mavsum qisqa muddatga bo'lsa-da, Moyze Kin "Yuventus"ning asosiy kuchiga aylangandi. U 13 uchrashuvda 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ha, 19 yoshli yigitcha uchun ajoyib ko'rsatkich. Natijada, Mandjukich jamoadan ketadi, Gonsalo Iguain endi Turinga qaytmaydi, Kin esa uzoq yillar mobaynida "keksa sinora"ning asosiy kuchiga aylanadi deydiganlar ko'payib ketdi. Ammo, hammasi ham biz o'ylagandek bo'lavermaydi: Kin uzoq muddatli shartnoma imzolashga shoshmadi. SHu sababli, barcha omillarni hisobga olgan holda, "Everton"ga 30 millionga sotildi. Ajoyib. Biroq afsuski, u "iriskalar" safida o'zini ko'rsatolmadi va bor imkoniyatdan to'g'ri foydalanmadi. Hozirda italyanning hisobida 1tagina golli uzatma mavjud. Kin agenti Mino Rayolaga qishga ijaraga ketmoqchi ekanini malum qildi. U yana Italiyaga qaytishi mumkin: "Roma" va "Milan" esa bunga tayyor turibdi.


Patrik Kutrone "Vulverxempton"

Birinchi mavsumdan Patrik 10ta gol urgandan keyin, "rossoneri" o'z shogirdilari orasidan istiqbolli hujumchini topgandek edi go'yo. Afsuski, kelasi mavsum Kutrone raqobatda Kshishtof Pyontekga o'rnini bo'shatib berdi. Ular juft bo'lib o'ynolmadilar, Kutrone esa ikkinchi darajali o'yinchi bo'lishni istamadi. Ximenes mahoratiga hech kim shubha qilmaydigan "bo'rilar" safiga o'tish qanchalik to'g'ri qaror bo'ldi?! Bu haqida hozir bir narsa deyish qiyin, ammo o'yinchi asosiy vaqtini zaxiralar o'rindig'ida o'tkazmoqda. Italyan atigi 3 bor asosiy tarkibdan maydonga tushdi. Klubning 9 bahsida ishtirok etgan Patrik bittagina gol urishga muvaffaq bo'ldi. Afsuski, uning Angliyadagi ishlari biroz yurishmayapti. Ammo u ham xuddi Kin kabi Italiya yoshlar termasida muntazam gol urmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика