Kerroll jarohatidan qutildi va MYU - "Vest Xem" uchrashuvida maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 noya 2016, 12:31
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan jamoa hujumchisi Endi Kerroll safga qaytganini aytdi.

"U uch kun biz bilan shug'ullandi. Kerroll og'ir jarohatdan qutildi va maydonga qaytishga yaqin. Endi MYUga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Ko'ramiz, chunki men ikki haftalik mashg'ulot haqida gapirmadim. Kerroll bor-yo'g'i 3 kun shug'ullandi va formasini to'liq tiklab olgani yo'q" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports