Kutilmagan transfer: Kerroll Franciya klubiga o'tishi mumkin
31 avg 2023 10:43
Yangiliklar
Kutilmagan transfer: Kerroll Franciya klubiga o'tishi mumkin
"Amen" "Reding" hujumchisi Endryu Kerrollga qiziqish bildirmoqda.
CHempionshipning so'nggi natijalariga ko'ra, "Reding" 22-o'rinni egallab, ligada jon saqlab qola olmadi. Jurnalist Santi Aunaning yozishicha, endilikda Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Franciyada ish topishi mumkin: 34 yoshli futbolchi Liga 2'da o'ynayotgan "Amen"da tibbiy ko'rikdan o'tgan. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Endryu Kerroll "Liverpul", "Vest Xem" va "Nyukasl"dagi o'yinlari bilan tanilgan. Futbolchi 2022 yilning sentyabridan beri "Reding" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Transfermarkt portali angliyalikni 300 000 evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar