Kerrik: "Mourino imkoniyatlarim haqida biladi, o'z uslubimni o'zgartirmoqchi emasman"
22 sen 2016 18:14
Yangiliklar
Kerrik: "Mourino imkoniyatlarim haqida biladi, o'z uslubimni o'zgartirmoqchi emasman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maykl Kerrikning takidlashicha, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourino uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
35 yoshli veteran APL uchrashuvlarida ishtirok etmayapti, ammo u "Nortxempton"ga qarshi Angliya liga Kubogi o'yinida maydonga tushdi.
"Mourino imkoniyatlarim haqida biladi, men o'yin uslubimni o'zgartirmoqchi emasman. Joze kuchli tomonlarimdan xabardor. Kimdir maydonga tushadi, kimdir uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi, bu odatiy hol" - deydi Kerrik.
Fikrlar