Kepa Sarri bilan yuz bergan noxush voqeani esga oldi

7 sen 2019, 08:41
Ispaniyalik posbon o'tgan mavsum Angliya Liga Kubogi finalida “Chelsi” bosh murabbiyi (o'sha vaqtda) Mauricio Sarri bilan bo'lgan noxush holatga izoh berdi.

“O'sha kecha yuz bergan holat bilan faxrlanmayman. Men Sarri oldida uzr so'raganman. Biz bo'lgan voqeani ertasi kuniyoq xotiramizdan o'chirganmiz. Bu juda ham noxush voqea bo'lgandi. Ammo biz yaxshi munosabatni saqlab qolib, mavsumni ajoyib tarzda yakunlagandik”,-deydi Kepa Arrisabalaga.

Eslatib o'tamiz, Sarri o'shanda Kepani zaxiraga olishni istagan, darvozabon esa o'z o'rnini Villi Kabaleroga bo'shatib berishni istamagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport