Kepa “CHelsi”ni tark etishi va Lempard bilan ziddiyatlar to'g'risidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
19 fev 2021 19:12
Yangiliklar


Kepa “CHelsi”ni tark etishi va Lempard bilan ziddiyatlar to'g'risidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Londonning “CHelsi” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga jamoani tark etish ehtimoli to'g'risida xabarlarga izoh berdi.
“Men hech qachon “CHelsi”dan ketish haqida o'ylamaganman. Jamoadagi birinchi mavsumim yaxshi o'tdi, Evropa Ligasini qo'lga kiritdik. Ikkinchi mavsumda jamoa ustozi o'zgardi. Lempard bilan o'rtamizda hech qanday muammo yo'q edi. SHunchaki, etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lolmadim”, — Arrisabalaganing so'zlarini keltirdi “Goal” nashri.
Malumot uchun, Kepa 2020/21 yilgi mavsumda 8 uchrashuvda maydonga tushdi. 26 yoshli futbolchining ayni paytdagi transfer bahosi 15 million evroga teng.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar