So’nggi yangiliklar

10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  1 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3

Kengroq malumot: Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlanadi Yangiliklar

Kengroq malumot: Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlanadi

Futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati shu yilning kuzida Quvaytda bo'lib o'tadi.

Aslida musobaqa 2020 yil Turkmanistonda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq koronavirus sabab turnir o'tkazilmadi. Qolaversa, Turkmaniston mezbonlik qilishdan bosh tortdi. Keyinchalik OFK Quvayt variantida to'xtalib, navbatdagi qita birinchiligini ushbu mamlakatga berishga qaror qildi. 

Dastlabki rejaga ko'ra, Quvaytdagi Osiyo chempionati 2022 yilning 16-27 fevral kunlariga qo'yilgandi, lekin o'tgan yil 5 iyulda OFK yangi qaror chiqarib, musobaqa kuzga ko'chirilganini malum qildi. SHunday qilib futzal byo'icha Osiyo chempionati shu yilning 25 sentyabr - 20 oktyabr oralig'ida Quvaytda tashkil etiladi. 

Saralash bosqichi

Saralash o'yinlari ham dastlabki rejaga ko'ra, o'tgan yil 13-24 oktyabr oralig'ida bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq koronavirus sabab OFK muddatni o'zgartirdi va endilikda saralash shu yilning 1-15 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Osiyo chempionatida jami 16ta jamoa ishtirok etadi.

Quvayt mezbon ekanini hisobga olsak, avtomatik tarzda saralashda qatnashmaydi. Demak, aprel o'rtalariga kelib qolgan 15 ishtirokchini bilib olamiz. 

Osiyo chempionatiga saralash bosqichi jamoalarni to'rtta mintaqaga bo'lgan holda olib boriladi: G'arbiy, SHarqiy, Markaziy-Janubiy hamda ASEAN mintaqalari. OFKga azo 47 davlatdan 31tasi saralashda qatnashishga rozilik bergan. 


Ajratilgan o'rinlar

Demak, mezbon Quvaytdan tashqari qolgan 15ta o'rin quyidagicha taqsimlanadi.

G'arbiy mintaqa: 5 o'rin

SHarqiy mintaqa: 3 o'rin

Markaziy-Janubiy mintaqa: 4 o'rin

ASEAN mintaqasi: 3 o'rin


Qura va savatchalar

Endi har bir mintaqada saralash qay tartibda o'tkazilishi haqida malumot beramiz. G'arbiy mintaqada 7ta jamoa 4 va 3tadan ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa yo'llanmani qo'lga kiritadi. 3-o'rinni egallagan jamoalar o'zaro pley-off o'ynaydi va g'olib 5-yo'llanma sohibi bo'ladi. 

1-savatcha: Iroq, Livan

2-savatcha: Bahrayn, Saudiya Arabistoni

3-savatcha: BAA

4-savatcha: Ummon, Falastin

SHarqiy mintaqada ham 7ta terma jamoa 4ta va 3tadan ikki guruhga bo'linadi. Guruh g'oliblari va pley-offda yutgan jamoa Osiyo chempionatiga boradi. 

1-savatcha: Yaponiya, Xitoy Taypeyi

2-savatcha: Xitoy, Janubiy Koreya

3-savatcha: Gonkong, Mo'g'uliston

4-savatcha: Makau

Markaziy-Janubiy mintaqada esa 8ta jamoa to'rttadan ikki guruhga ajratiladi. O'zbekiston futzal terma jamoasi birinchi savatchada Eron bilan joy olgani bois saralashda bir-biriga qarshi o'ynamaydi. 

1-savatcha: Eron, O'zbekiston

2-savatcha: Qirg'iziston, Tojikiston

3-savatcha: Turkmaniston, Afg'oniston

4-savatcha: Nepal, Maldiv

ASEAN mintaqasi jamoalari uchun alohida ASEAN futzal chempionati tashkil etiladi va musobaqaga yakuniga ko'ra, 3ta jamoa Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi. 


Saralashga kimlar mezbonlik qiladi? 

Aytib o'tganimizdek, musobaqaning saralash bosqichi shu yilning 1-15 aprel oralig'ida markazlashgan tartibda o'tkaziladi. G'arbiy mintaqa o'yinlari BAAda, Markaziy-Janubiy mintaqa bellashuvlari esa Qirg'izistonda o'tkaziladi. 

O'zbekiston ishtirok etadigan musobaqada har ikkala guruhdan ikkitadan terma jamoa Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi. 

SHarqiy mintaqa saralash o'yinlari hozircha qaerda o'tkazilishi malum emas. SHuningdek, ASEAN futzal chempionati bo'lib o'tadigan joy ham hali elon qilingani yo'q.


Havola orqali qura jarayonini ONLAYN KUZATIB BORISH mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика