Kellini: “U “Oltin to'p”ni Messi va Ronaldu gegemonligidan oldin qo'lga kiritishga qodir edi"
28 iyu 2020 20:25
Yangiliklar
Kellini: “U “Oltin to'p”ni Messi va Ronaldu gegemonligidan oldin qo'lga kiritishga qodir edi"
“Franchesko Totti bilan o'ynaganman, ammo deyarli doimo bir-birimizga raqib bo'lganmiz. 2006 yilgi jahon chempionati oldidan uning o'yinlarini Italiya termasida ko'rgandim, ammo keyin u milliy jamoadan ketdi. Totti haqiqatan buyuk o'yinchi. Uni boshqa jamoalarda ko'rmaganimiz esa achinarli, lekin u butun umrini “Roma”ga bag'ishladi, bu juda romantik holat.
U qo'lidan kelganidan juda kam narsalarni yutdi. U “Oltin to'p”ni olishi shart edi. Ehtimol, uning o'zi ham o'zgarish vaqti kelganda to'g'ri qarorni qabul qilmagani uchun bunga aybdordir.
Totti o'zga sayyoraliklar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi gegemonligidan oldin “Oltin to'p”ni olish ehtimol bor edi. Ammo mukofotga Maykl Ouen va Andrey SHevchenko loyiq ko'rilgan. Ular ajoyib futbolchi bo'lishgan, lekin, hech shubhasiz Tottidan ustun emasdilar”, deydi italiyalik fulbek.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar