So’nggi yangiliklar

17:00"Хетафе" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  0 16:37МЮ Зиркзеедан мамнун ва уни ёзда сотмоқчи эмас. Ҳужумчи 41 ўйинда 6+2 қайд этди  2 16:05Итсуки Урата: "Нефтчи" билан ўйин энди тарих, биз навбатдаги учрашувга тайёргарликни бошлаймиз"  0 15:55"Ливерпуль" Нуньесга ўринбосар бўладиган футболчи учун 50 млн евро тўлашга тайёр  0 15:25Тошкентда "Бунёдкор" ва "Нефтчи" ўртасида тўртта тўп киритилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:21Зоран Марушич: "Насаф"даги чемпионликни "Нефтчи" билан такрорлашни истайман"  2 15:13ЎзПФЛ наманганлик футбол мухлисларига мурожаат қилди  27 15:01Одил Ҳамробеков: "Бунёдкор" қайси ўринни эгаллайди? Жадвалга кузда қараймиз"  0 14:40Эшитдик-да! Тез орада Ўзбекистон Суперлигаси ўйинлари 10 та камерада тасвирга олинади  13 14:31Кими Мерк янги клуби билан шартнома имзолади  0 14:02Элит ОЧЛ. Нимчорак финалнинг дастлабки баҳслари учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Пахтакор" ўйинчиси ҳам ўрин олди  7 13:47МЮ мухлислари "Арсенал" билан ўйин олдидан норозилик намойиши ўтказади  2 13:22"Барса" Кундега қўшимча равишда ўнг қанот ҳимоячиси қидирмоқда. Клуб француздан мамнун, аммо кўп сонли ўйинлар фонида позицияни мустаҳкамламоқчи  4 12:58Рюдигер 2026 йилгача "Реал"да қолиб, сўнгра Саудия Арабистонига йўл олмоқчи  0 12:34"Айнтрахт" Гюлерни кузатиб бормоқда. 20 ёшли футболчи "Реал"даги ўйин амалиётидан тўлиқ қониқмаяпти  0

Kellini hal qiluvchi penalti vaqtida "Kirikocho" deya baqirgan – Evro"da g'alaba qozonishga yordam berdi! Bu so'zning manosini bilasizmi? Yangiliklar

Kellini hal qiluvchi penalti vaqtida "Kirikocho" deya baqirgan – Evro"da g'alaba qozonishga yordam berdi! Bu so'zning manosini bilasizmi?

Barchasi Argentinada paydo bo'lgan, Evropaga esa uni Simeone olib kelgan.

Janluiji Donnarumma Bukayo Sakaning zarbasini qaytarib, Italiyaga Evro finalidagi g'alabani keltirdi. Biroq darvozabonga Jorjo Kellini yordam berganga o'xshaydi: Italiya termasi himoyachisi hal qiluvchi zarba vaqtida "Kirikocho" deb baqirgan va bu yordam berganmish. Har holda qiziqarli tasodif.



"Kirikocho" so'zini odatda raqib penalti tepayotganida, xavfli jarima zarbasini yoki birga-bir vaziyatga chiqayotganida ishlatishadi. Aytishlaricha, bu raqibni xato qilishiga turtki bo'larkan.

"Kirikocho" so'zi bahordayoq "Borussiya" va "Sevilya" o'yinidan keyin muhokama qilingan va memlarga sabab bo'lgandi.

O'shanda juda mamnun Erling Xolland penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgach, "Sevilya" posboni Yassin Bununing oldiga yugurib kelib, uni mashara qilgandek nimadirlar degandi.

Keyinroq, norvegiyalik kiperdan eshitgan so'zini ("Kirikocho") qaytargani (penaltini qayta amalga oshirilgan) malum bo'ldi.

Bu vaziyatda nimadir g'alatiroq-a? Intervyu vaqtida norvegiyalik aslida nima bo'lganini aytib bergan: "Men nima deganimni ham bilmayman, sababi men shunchaki u birinchi penaltini ura olmaganimdan keyin aytgan gaplarini o'ziga qayta takrorladim. U qoidani buzmaganida men birinchi urinishdayoq gol urardim. Balki "karma" chindan bordir".

Xo'sh, aslida bu "Kirikocho" nima degani? Bu haqida kolumbiyalik jurnalist Xuan Peres o'z tvitterida malumot qoldirdi.

O'tgan asrning 80 yillarida argentinalik murabbiy Karlos Bilardo "Estudiantes"ni boshqarardi. Jamoada Kirikocho ismli supersodiq ishqibozi bor edi – biroq atrofdagilarning unga nisbatan hurmati juda ham yuksak darajada emasdi. 

U mashg'ulotlarni tomosha qilgani kelganida (jarayon muxlislar uchun ochiq edi), jamoa muntazam ravishda futbolchilarni jarohat sabab yo'qotardi. Bilardo esa turli narsalarga etibor beradigan, ishonadigan odam edi va muxlisning "iqtidorini" o'z foydasi yo'lida ishlatishga urindi. U Kirikochoni La-Plataga tashrif buyuruvchi mehmon jamoalarni kutib olishga jo'natardi.

Tabiiyki, Kirikocho muntazam ravishda o'yinlarga ham tashrif buyurardi. Bu narsa yordam berganmi yoki yo'q, ammo bir marta Bilardo "Estudiantes" bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. 1982 yilgi mavsumda uchta mag'lubiyatdan bittasini jamoa Kirikocho tribunada yo'qligida qabul qilib olgan.


"O'sha yili chempion bo'lganimizni hisobga olsak, biz uni tumorimizdek qabul qildik, – takidlaydi Bilardo. – U yaxshi yigit edi, lekin ko'p o'tmay yo'q bo'lib qoldi va men uni bosh. Keyinroq, men "Estudiantes"ga qaytganimda (2003 yil) u haqida so'radim, lekin hech kim hech nimani bilmasdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, ammo qachonlardir Ispaniyada "Sevilya" murabbiyi edim, raqib foydasiga penalti belgilanganida ortimdan kimdir pichirladi: "Kirikocho, Kirikocho". Men quloqlarimga ishonolmasdim. CHolo (Simeone) menga bu ismni 2-3 marta aytganini, qolganlar esa undan eshitib olib, tarqalib ketganini aytmagunigacha, o'zimga kelolmadim. Va bularning hammasi Evropada bo'layotgandi! Bu uydurmadek tuyular, lekin siz "Kirikocho" deganingizda – raqib xato qiladi!".

Vaqt o'tgani sayin "Kirikocho" so'zi barcha ispan tilidan foydalanuvchi mamlakatlarga tarqaldi. Odatda kimdir penalti tepsa, xavfli jarima zarbasi yoki birga-bir vaziyatda zarbaga chog'lansa, uni ishlatishadi.

Ispaniya termasi sobiq himoyachisi Joan Kapdevila JCH-2010da Aren Robben darvozabon Iker Kasilyas bilan birga-bir vaziyatga qochib ketayotganida, ortidan "Kirikocho" deya qolganini tan oldi, buni qarangki, Aren o'sha vaziyatda gol ura olmadi.

Va bu usul nafaqat jonli tomoshada "ish beradi": hattoki teletomoshabinlar ham ekranga qarab, "Kirikocho" deya baqirisharkan. Bazilar qarta yoki boshqa o'yinlar vaqtida ham shu tariqa raqibga halaqit qilishga urinadi.

Endi siz ham raqib penalti tepayotganida nima deb baqirishni bilasiz :) Albatta, bu xazil. Biz shunchaki bo'lgan voqealar va futbol olami vakillarining so'zlarini etiboringizga taqdim etdik. Unga ishonish yoki ishonmaslik har kimning o'ziga bog'liq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика