
Bu haqda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi vakili Xiromi Xara ma'lum qildi.
"Agirre nomiga bo'lag ayblov tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun futbolchi, muxlis va homiylardan uzr so'rayman. Ispaniya va Yaponiyadagi qonunlar bir-biridan farq qiladi. Hozirda bu ish bo'yicha ma'lumot yig'yapmiz. Ammo bizda Agirrega hech qanday shubha yo'q" - deydi Xara.
Eslatib o'tamiz, Agirre 2011 yil 21 mayda o'tkazilgan Primeroning so'nggi uchrashuvi hisoblanmish "Levante" - "Saragosa" uchrashuvining ishtirokchisi bo'lgan. "Saragosa" ikkinchi divizionga tushib ketmasligi uchun g'alaba qozonishi kerak edi va jamoa kerakli natijaga erishdi (2:1). Prokraturaning taxminiga ko'ra, "Levante" futbolchilari bu mag'lubiyat uchun 965 ming evro olishgan.