So’nggi yangiliklar

07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  0 07:26Суперлига. Бугун Олмалиқда яна бир супер ўйин бор  3 01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  2 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  7 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  5 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  2 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  64

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VIII bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VIII bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining sakkizinchi bobining davomini taqdim etamiz.

Davomi. Boshi quyidagi havolada:

"Kelishilgan o'yinlar qiroli". XIII bob.


Kelishilgan o'yinlarni tashkil etish bilan shug'ullanuvchilar uchun chegara, turli taqiq va to'siqlar yo'q hisobi... Yani, ular har qanday holatlarda ham xavfli mashg'ulotlarini davom ettiraveradilar. Bunday kimsalarni faqat pullar qiziqtiradi xolos. Perumal hamkorlari bilan Vetnamga uchib borganda ham o'ziga sherik topishga harakat qiladi. Albatta, har kim bunday nozik taklifga darhol rozilik bermaydi. Taassufki, qaltis ishga qo'shiladiganlar har joyda uchrab turadi. Vetnamdan qaytgan qahramonimiz ko'p o'tmay Livan va Suriyaga ham parvoz qiladi.

XANOYDAGI YANGI HAMKOR

Xanoyda Livan terma jamoasining o'yinchilari bilan uchrashdik. Ular biz uchun uch totalni taminlab berishlari kerak edi va 1:3 hisobida yutqazdilar. Futbolchilar bilan hisob-kitob qildik. Ular bizga keyingi haftada Bangkokda Qirol Kubogi doirasida Tailand bilan uchrashishlarini aytdilar. Biz boshlang'ich kelishuvga erishdik. Admir va Dinodan farqli ravishda sindikatda mening ulushim yo'q edi. Men o'tkazilgan kelishilgan o'yinlardan keyin 30 ming dollar olardim. Ular tikkan pullarning summasi men uchun qorong'u edi. O'zimga tegishli 30 mingni olib turganim meni to'la qanoatlantirardi. Bossga aylanish imkoniyatini sabr bilan kutdim. Meni millionlar qiziqtirardi. Hech kimga sezdirmasdan 30  mingdan 50 mingga qadar pullar tikardim. Koefficientlarni o'zgartirmaslikka va shu orqali o'zimni fosh etmaslikka urinardim. Agar o'yinchining faolligi kuzatiladigan bo'lsa, bu hol bukmekerni sergak torttiradi. SHuning uchun juda ehtiyot bo'lib ishlardim. Dan pullarni yo'qotar ekan, malumotlar sotila boshlanganini tushunib turardi. Ayrimlar kelishilgan o'yin haqidagi malumotlarni sotadilar. Biroq bunday pallada kalavaning uchini topsa bo'ladi va yakunda hamma o'sha odam kimligini bilib oladi.

Hisob-kitobga bo'lgan uquvimdan nolimayman. Ammo men o'yinchiman va aynan shu narsa hammasini buzadi. Menda 90 ming dollar bor ekan, pullarni faqat kelishilgan o'yinga emas, balki boshqa uchrashuvlarga ham tikaveraman. Bunday kezlarda hamma narsani tezda unutib, o'zimni nazorat qila olmay qolaman. Agar biroz intizomliroq bo'lganimda, allaqachon milliarderga aylangan bo'lardim. Xanoyda 2008 yili o'zim tanishgan vetnamlik hamkasblarim bilan uchrashdim. Ulardan biri, ismi Trung bo'lgan ozg'in va baland bo'yli bir yigit stadionda o'tirib, o'yinni kameraga yozib olardi. To'g'risini aytsam, uning nima sababdan bunday qilayotganiga sira tushunmaganman. U meni Nguen va uning tog'asi bilan tanishtirib qo'ydi. Tog'asi esa bossi bilan uchrashishimga imkon yaratib berdi. Ular mahalliy birinchilikda kelishilgan o'yinlarni tashkil etardilar. Ammo ular bundan ko'ngli to'lmay tanishlar orqali yangi doiraga ko'tarilishni istardilar.

Biz Singapurda uchrashishga kelishib oldik. O'sha uchrashuvimizdan bir hafta o'tib, 2009 yilning yanvarida Livan terma jamoasi Qirol Kubogi doirasida Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashishi kerak edi.  Livanliklarga odam yuborib, ulardan nimani kutayotganimizni etkazishini so'radim. Dan ham uning ortidan ergashdi. Qirol Kubogi doirasidagi o'yinlar uchun limitlar juda past edi. SHu bois kelishilgan o'yinni tashkil etishdan mano yo'q edi. Ammo oradan bir hafta o'tgach, livanliklar Osiyo Kubogi saralash bahslari doirasida Suriya terma jamoasi bilan uchrashardilar. Dan bilan Bayrutga qarab uchdik.

LIVAN VA SURIYADAGI SARGUZASHTLAR

- Bu biz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan o'yin,-deya etiroz bildirdilar futbolchilar bizning taklifga javoban.- CHunki ular bosh vazirimizni o'ldirib yuborganlar.

Livanliklar taklifimizga rozi bo'lmadilar. Ular uchun o'sha bahs hayot-mamot darajasida ahamiyat kasb etardi. Fursatdan foydalanib Suriya terma jamoasidagi futbolchilar bergan malumotlar asosida aloqaga chiqishga qaror qildim. SHunday kishilardan biri bizni Suriyaga chaqirdi. Biz uchrashdik va men uni Dan bilan tanishtirib qo'ydim. Singapurga qaytganimizdan keyin Dan Kang ismli xitoylik bossga chiqishga qaror qildi. O'ta ozg'in bo'lgan Kang o'yinlar sotib olingan taqdirda katta stavka qo'yishi mumkinligiga kafolat berdi.

- Qancha kredit berishimni istaysan? Telefon orqali qancha tikmoqchi ekanligingni xabar bersang ham bo'ladi, - dedi u. - Qolgani mening ishim.

Tarixda birinchi bor Xitoydan shunday taklif bilan bir odam uchib keldi.

- O'rtamizda hech qanday vositachilar bo'lmaydi,- dedi u. - Istasang, Roma - Napoli o'yiniga tikishing mumkin. Telefon orqali qaysi jamoaga tikishni istayotganingni aytsang bas. Qolganini o'zim hal qilaman.

Kang o'ziga tegishli bo'lgan o'yinlar uyini norasmiy ravishda tashkil etgandi. Bu uyning xizmatlaridan foydalanish uchun tavsiyalar yoki xo'jayinning o'zi bilan shaxsan tanish bo'lish kerak. Ular sening kelishilgan o'yinga tikkan pulingni qabul qiladilar va Xitoy, Kambodja, Filippin, Indoneziya hamda Malayziyadagi bir qancha bukmekerlik idoralarining saytlariga bo'lib yuboradilar. SHuning uchun hech kim seni yoki tikkan puling qancha ekanligini bila olmaydi. Bukmekerlar koefficientlar va limitlarni o'zgartirishmaydi. Bir so'z bilan aytganda, bu kelishilgan o'yinlarni tashkil etuvchilar uchun maxsus yo'lga qo'yilgan servisdan boshqa narsa emas.

- Agar kelishilgan o'yinlarni uyushtirar ekansan, u holda oldimga kel,  - dedi Kang. - Agar shunchaki qiziqish uchun o'ynaydigan bo'lsang, boshqa joy top.

O'yinlar uyi sizning stavkangizga o'z pullarini qo'shadi. Ular uchun shundan foyda qoladi. U erdagilar pullarini malumotlar uchun almashadilar.

- Menga qo'ng'iroqqil,  - deya davom etdi u. - Ammo aytib qo'yay, uchta o'yinni yutqazadigan bo'lsang, qarzlarni to'lab qo'yasan va meni boshqa bezovta qilmaysan.

O'sha uchrashuvdan keyin Dandan Suriyaga borib kelishim va u erdagi futbolchilar bilan hisob-kitob qilishim uchun pul to'lashini so'radim. Dan rozi bo'ldi va 6 ming dollar bilan birga Damashqqa borishim uchun chipta berdi.

- 6 ming dollarni qanday etkazaman? Bu oz.

- Uilson, meni to'g'ri tushun. Hozir moliyaviy ahvolim yaxshi emas. Agar bitta kelishilgan o'yinni tashkil eta olsak, senga ko'proq pul yuboraman.

Dan ayanchli ahvolda

Damashq aeroportidan deyarli bo'm-bo'sh kissalarim bilan yo'lga chiqar ekanman, futbolchilarni qanday qilib o'yinni sotishga unatishim mumkinligi haqida o'ylardim. Meni suriyaliklarning qashshoqligi hayron qoldirdi. Eng arzon mehmonxonaga joylashdim. Ammo xizmatlar alo darajada yo'lga qo'yilgan, taomlari ham shirin. Atrofdagilar chilim chekib o'tirardilar. Har joyda prezident Bashar Al Assadning portretlari osib qo'yilgan. Suriyalik futbolchining uyiga bordim. U isitish moslamalari umuman bo'lmagan kichik kvartirada yashardi. Biz sovuqotib qolmaslik uchun qo'lbola isitkichning yonidan joy oldik. Milliy terma jamoaning o'yinchisi shunday sharoitda yashayapti. Buni tasavvur qila olasizmi? Qolganlar qanday kun kechirishyapti ekan? Tez orada bizga boshqa futbolchilar ham qo'shilishdi.

- Har biringizga bir o'yin uchun 10 ming dollardan to'layman, - dedim ularga.

Ular menga hayrat bilan tikilib qoldilar. Aftidan futbolchilar meni ertakdagi jin sifatida qabul qilgan ko'rinadilar. Ularga bir oylik xizmati uchun 600dan 900 dollargacha to'lashardi. Gapimga ishonishlari uchun pullarni ko'rsatishimga to'g'ri keldi. O'yinchilarning ko'pchiligi arab tilida gaplashganlari bois taklifimni tushunganlariga ishonchim komil emasdi. Inglizchani sal tushunadigan terma jamoa o'yinchisiga uchrashuvda menga nechta gol kerakligini etkazdim. Men tavakkal qilgandim. Agar Dan pul tikadigan bo'lsa va o'yin biz kutgan natija bilan nihoyasiga etsa, ertasi kuni futbolchilar bilan bemalol hisob-kitob qilishim mumkin edi.

- Agar hammasi ko'ngildagidek chiqsa, pullarga ega bo'lamiz. Aksincha bo'lsa, buning hech qo'rqinchli joyi yo'q, - nazarimda, futbolchilar shunday to'xtamga kelgandilar.

Birinchi o'yinda Dan 300 ming Singapur dollarini yutqazdi.

- Bu qanaqasi? - deya trubka orqali u menga o'shqirishga tushdi.

Kelishilgan o'yin tashkilotchisi hammasi o'zi kutmagan tarzda yuz berayotgan mahalda dahshatli onlarni boshdan o'tkazadi. Bosslar ayrim hollarda mutlaqo ojiz qolishing mumkinligini tushunmaydilar. Dan jazavaga tushib qolgandi. U bir soatdan ko'proq meni aloqada ushlab turdi. Oxiri zerikib ketib, unga quloq solishni ham istamay qoldim.

- Hammasi yaxshi ketayotgan paytda sen va sindikating foydaning asosiy qismiga ega chiqadi. O'ylaysanki, menga alam qilmaydimi? - dedim unga javoban.

Dan azbaroyi quturib ketganidan yana bir bor urinib ko'rishimga imkon berdi. O'sha kuni ikkita o'yinni sotib olishga harakat qildim va yana omadim chopmadi. Bizni aldab ketishdi. Dan trubka orqali alamdan o'shqirardi, axir u uchta o'yinda million dollarni yutqazgandi. Yonimda o'z mablag'im bo'lmagani uchun uning pullarini tikkandim. Muvaffaqiyat qozongan taqdirimizda o'zimga tegishli bo'lgan 30 ming dollarni olardim va hammasini noldan boshlashim mumkin edi. Dan esa Kangdan million dollar qarz bo'lib qoldi.

- Uilson, meni qanday ahvolga solib qo'yganingni bilasanmi? - deya baqirdi Dan telefon orqali. - Endi nima qilaman? Millionni qanday qaytaraman?

- Xotinlarga o'xshab yig'lashni bas qil, - dedim men. - Bo'lib o'tgan ishlardan keyin yana mendan nima istaysan?

U menga qayta-qayta qo'ng'iroqqildi. Oxiri telefonimni o'chirib qo'ydim. Mag'lubiyat o'z nomi bilan mag'lubiyatdir. Bu paytga kelib Dan Murugan bilan aloqa chiqqandi:

- Meni o'sha Uilson bilan nega tanishtirib qo'yding?

Muruganning aytishicha, rafiqasi Danga shunday degan: Agar qarzni to'lashga puling yo'q bo'lsa, o'zingni derazadan pastga tashla.

Sariq chaqasiz Singapurga qaytdim. Danning yomon ahvolga tushib qolganini bilardim. Tabir joiz bo'lsa, u tirik murdaga aylangandi. CHunki Kang endi uning stavkalarini qabul qilmaydi. Qarzni to'lay olmagani haqidagi gaplar juda tez tarqab ketgani bois hech kim Danga qarz bermay qo'yadi. Bu orada Admir yordam keldi. U Danning Suriya chempionatidagi bahslar uchun pullar tikkanidan va bu ishni o'ziga bildirmay amalga oshirganidan achchiqlanardi.

- Yosh bolaga o'xshab yig'lashni bas qil! - dedi Admir unga. - O'zingni haqiqiy erkakdek tut.

- Xotinim o'zimni o'ldirishim kerakligini aytdi, - deya ming'irlagancha javob qaytardi Dan. - Agar pullarni qaytarmasam, meni o'ldirib yuborishadi.

- Agar o'lishing kerak bo'lsa, o'lasan. Qo'limdan nima ham kelardi. Nega menga bildirmay ortimdan ish qilding? Masalahat so'rasang bo'lmasmidi?

SHunday bo'lsa ham Admir Danga yordam berishga rozi bo'ldi. U Kang bilan muzokaralar olib borishi va qarzni qaytarish muddatini biroz ortga surishi uchun Danga 250 ming dollar berdi. Admir Danning xizmatidan foydalanishga vada berdi. O'z navbatida Kang unga berilgan muhlatni biroz ortga surdi. Dan bundan keyin men bilan ishlay olmasligini aytdi.

Bayrutga qilgan oxirgi tashrifim chog'ida Osiyo klub turnirlarida ishtirok etadigan livanliklarning jamoalarida ishlaydigan bir qancha kishilar bilan kelishib olgandim. Qita miqyosidagi turnirlarda yaxshi pulga ishlab olish mumkin. Ismi Fadi bo'lgan odamim menga qo'ng'iroqqilib, Ummonning Al Oruba hamda Livanning Al Mabarrax klublari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tishini malum qildi. Qizig'i, bunga qadar u bilan bog'lanishga bir necha bor urinib ko'rgandim. Fadi esa javob qaytarmagandi. Ittifoqo uning o'zi menga kerakli natijani taminlay olishini taklif qilib chiqdi. Demak, Fadi Dan bilan kelishib olgan. Men bukmekerlik saytidagi o'z akkauntimga kirdim. Ich-ichimdan Danning yutishini va Kang bilan hisob-kitob qilib olishini istardim. Suriyalik futbolchilarga haddan tashqari ishonib xato qilganimni tushunib turganim bois Danning Fadi bilan yashirin muzokara olib borganiga parvo qilmadim. Jamoalar o'zlariga yuklatilgan vazifani alo darajada bajardilar: livanliklar o'yinning oxirgi 15 daqiqasida uchta gol o'tkazib yuborishdi. Oqshomda Dinoni restoranda uchratib qoldim.

- Stavka ish berganidan xursandman, - dedim unga gap orasida.

Dino xuddi ayb ish qilib qo'ygan boladek boshini egib o'tirardi. Bu boshqa odamning ortida ishlash yaxshi bo'lmasligini tushunib turardi. Dan livanliklar bilan ishlashda davom etdi. Men esa bir cent ham olmadim. Oradan malum vaqt o'tganidan so'ng Murugan menga qo'ng'iroqqildi:

- Bayrutga livanliklar uchun pullar olib ketyapman.

Dan pullarni hech qachon o'zi olib bormasdi. Buning uchun u odam yollashni afzal ko'rardi. Muruganning nima sababdan uning taklifiga rozi bo'lganini tushunmasdim. Danning raqamini terdim:

- Bayrutga pullar yuboryapsanmi?

Dan achchiqlanib Muruganga qo'ng'iroqqildi:

- Nega hamma gapni Uilsonga etkazding? Sen menga ishlayapsanmi yoki ungami?

O'sha kundan boshlab Murugan men tomonga o'tib oldi. Dan undan kurer sifatida foydalanishni bas qilib, bu ishni xitoylik CHu ismli shaxsga topshirdi. CHunki Singapurda Danning do'stlari yo'q edi. CHu tez orada uning o'ng qo'liga aylandi. Agar Dan unga o'tir deb buyursa, CHu o'sha zahoti o'tirardi. Xitoylik bu shaxs futboldan ko'ra ot poygalari uchun pul tikishni yoqtirardi.

Yangi bossni Qidirib

Dan bilan aloqani uzganimdan keyin yangi bossni qidirishga tushdim. Oldingi qudratini yo'qotgan Gari qallobliklarimni moliyalashtirishlari mumkin bo'lgan uch kishini uchrashuvga olib keldi. Suhbatimiz qizigandan-qizidi, har kim o'zi yoqtirgan latifalarni aytib davradagilarni kuldirishga harakat qilardi. Bu orada Gari o'zini chuv tushirib ketgan Serra-Leonega qarshi o'yinni eslab qoldi. U hammasi uchun mendan shubhalanib yurganini aytdi.

- Gari, - dedim unga javoban. - Sen bilan oldin biror marta ham ko'rishmaganmiz va gaplashmaganmiz. O'rtamizda hech qanday tushunmovchilik bo'lishi ham mumkin emas. Nega mendan shubhalanyapsan? Qolaversa, o'zing ham o'sha ishning ortida kim turganini yaxshi bilarding.

- Hammasiga o'sha yaramas Dan Tan sababchi, - dedi Gari. - Uning uyiga borgan paytimda xotinining eshikni ochma, deya chinqirganini o'z quloqlarim bilan eshitganman. Lekin u shirakayf holda ostonada paydo bo'lganda shartta yoqasidan oldim. Bu paytda xotini paydo bo'lib g'alva ko'tarishga tushdi. Danning yoqasini bo'shatishga majbur bo'ldim.

O'rtalarida bo'lib o'tgan ishlarga qaramasdan Dan Gariga qo'ng'iroqqildi:

- Albinoleffe klubi ishtirokida bir o'yin bor. Yuz foizga kafolat beraman.

Albinoleffe Italiya V seriyasida ishtirok etardi. Danning Italiyada ish boshlagani haqidagi yangilik meni hayron qoldirdi. Albatta, oldinlari ish yuzasidan bir necha bor yo'llarimiz kesishgan va u biror marta ham Italiyani esga olmagandi.

- Dan sendan o'zi uchun pul tikishni so'radimi? - deya Gariga murojaat qildim.

- Ha, u mendan 300 ming dollar so'rayapti.

- Nima qilmoqchisan?

- Maksimum 100 ming berishim mumkin.

Muvaffaqiyat qozonilgan taqdirda Gari Danga pul bermasa ham bo'laverardi. Ammo shunday yo'l tutmasa, malumotlar etkazib beradigan kishidan mahrum bo'lardi. Ishimizning mohiyati shunaqa: pullarga ega chiqish uchun hammasini unutishingga to'g'ri keladi.

- Albinoleffe uchun 300 ming dollar tikdim. 100 ming Dan uchun, 200 ming o'zim uchun, - dedi Gari.

Albinoleffe ishtirokidagi o'yin Danni qutqardi va unga oldingi qudratini qaytardi. Evropalik hamkorlar italyan futbolchilariga katta pullarni tika oladigan xitoylik haqida gapirib bergandilar. Dan italyancha kelishilgan o'yinlarda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etmasdi. Aksincha, ularning o'zlari Dandan moliyaviy manba sifatida foydalanardilar. Albinoleffe ishtirokidagi o'yinda qozonilgan muvaffaqiyatdan keyin Danning shuhrati ortib ketdi. U Sloveniyadagi villasiga ko'chib o'tdi. Futbolchilar va kelishilgan o'yinlarni tashkil etish bilan shug'ullanuvchi odamlarning o'zlari uning yoniga kelardilar. Dan esa villada Xitoy mafiyasining bossidek o'tirardi.

- Men uchun tika olasanmi? - deya o'sha odamlar unga yolvorardilar.

- Ha, tika olaman. Qancha?

- 500 ming.

- Yaxshi. U holda menga 3:0 hisobida g'alabani taminlay olasanmi?

- Yo'q. Faqat 2:0 hisobidagi g'alabani taminlashim mumkin.

- 2:0 uchun aytgan pulingni tika olmayman. Menga 3:0 kerak.

Danning villasi o'yinlar uyiga aylanmagandi. U shunchaki Evropa va Osiyo o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajarardi. Dan Tan Gari va Kangga o'xshaydigan odamlarga malumotlar etkazib berardi. Kang o'yin uchun 2 million dollar tikishi mumkin edi. Lekin italyanlar uni bilmasdilar va shuning uchun Danga murojaat qilardilar. Dan esa shunchaki Kangga qo'ng'iroqqilish uchun trubkani ko'tarsa kifoya qilardi. O'yinchilarga katta pullarni tika oladigan odam kerak. Juzeppe Sinorini olaylik. Lacio klubining sobiqhujumchisi o'yinlarni sotishga tayyor futbolchilarni maydondagi xatti-harakatlaridan sezardi. Qolaversa, u o'z klublari uchun pullar tikadigan o'yinchilarni bilardi. Agar futbolchi klubi ishtirokidagi o'yin uchun 100 ming tiksa, Sinori 200 mingdan 600 mingacha pul qo'shardi. Dan esa 3 million tika olardi. Futbolchi o'zi o'ynayotgan jamoa uchun pul tikar ekan, bu muvaffaqiyat naqd degani. Italyan futbolchilarining xitoylik notanish kishiga ishonishlari sizni hayron qoldirishi mumkin. U ular uchun 100 minglab dollarni tikardi va sira pand berib qo'ymasdi. Singapurda Dan bajara oladigan ishni 20 kishi uddalashi mumkin. Ammo italyanlar faqat uni bilardilar xolos. Dan Tan shunday yo'l orqali o'z imperiyasini barpo qilgandi.

(Davomi bor...)

J.ZAYNOBUTDINOV tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика