So’nggi yangiliklar

16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  0 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  1 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  4 14:47Муборакдаги ўйин қаҳрамони, "Қўқон-1912" дарвозабони ва мураббийи - Про лига 15-тур лауреатлари  1 14:35"Бунёдкор" чемпионатдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" устидан қўлга киритган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:07Қатар клуби футболчининг трансфери учун пулни фирибгарларга жўнатди  2 13:39Мбаппе УEФА Суперкубоги ўйинида асосий таркибга киритилмаслиги мумкин  4 13:11"Арсенал" ҳимоячиси янги мавсумнинг дастлабки ҳафталарини ўтказиб юборади  1 12:44Жасур Жалолиддинов қаерда?  15 12:26ОКМК – "Навбаҳор" беллашуви "Спорт" телеканали орқали намойиш қилинмайди  14 12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  36 11:37"Олтин тўп"га даъвогар футболчи Саудия Арабистонидан тушган йирик таклифни қабул қилмади  6 11:06"Челси" сардори мавсум бошланмасидан жароҳат олди  2 10:40Англиянинг 90 йиллардаги энг яхши футболчилари рўйхати тузилди  1

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VIII bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VIII bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining sakkizinchi bobini taqdim etamiz.
SINORI O'YINNI SOTISHGA TAYYOR FUTBOLCHILARNI BILARDI

2008 yil noyabr oyining boshida Livandagi agentim menga ularning 19 yoshgacha bo'lgan o'yinchilardan iborat terma jamoasi Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etishini malum qildi.  Men yaxshi pulga ishlashni istaydigan bir qancha livanlik o'yinchilar albatta topiladi, degan o'yda Damashqqa uchib bordim va ular bilan uchrashdim. Futbolchilarga SHimoliy Koreyaga to'rt to'p farqi bilan yutqazishlari kerakligini aytdim. Ular bu vazifani alo darajada uddaladilar. Xitoyga qarshi o'tadigan navbatdagi o'yin oldidan koefficientlar shubhali tarzda tushib ketdi. Bu o'yinni boshqa birov sotib olganligini  anglatardi. Yana kelishilgan o'yinlarning qiroli kim, degan unvon uchun musobaqa boshlangandi. Ko'p o'tmay Singapurdan menga Dan qo'ng'iroq qilib qoldi:
- Nimalar bo'lyapti? Xitoyliklar ham ish ustida chog'i...
Livanliklar hisobni ochishdi, ammo ko'p o'tmay o'yinni tashlab yubordilar. Bu esa xitoyliklarga qo'l kelib, ular javob to'pini kiritishdi. Ikkinchi bo'limda xitoylik murabbiy zaxiradan bir yigitchani maydonga tushirdi va u dublni rasmiylashtirdi. Aftidan o'sha yigitcha kelishuvdan bexabar ko'rinadi. Uning sharofati bilan livanliklar kerakli 1:3 hisobida yutqazdilar.
JCHdan so'ng CHiliga uchib borib, 20 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi mundialni ko'rishni rejalashtirgandim.  Braziliyaga tashrif buyurishni istagandim. San-Pauluga qo'nganimdan keyin Braziliya tatilni o'tkazish uchun orzudagi joy emasligini tushunib etdim. Kunduzlari hammasi ajoyib, ammo tunda sizni o'ldirib ketishlari ham mumkin. Oqshom tushganidan keyin mehmonxonani tark etishni istamasdim. Zerikkanimdan onlayn orqali Braziliya chempionatidagi o'yinlarga pul tikib o'tirdim. Odatda bunday kezlarda ko'pincha yutardim. CHunki shu ish bilan shug'ullanishni boshlaganimdan beri kim g'olib chiqishini oldindan aytib berardim va kamdan-kam hollardagina xatoga yo'l qo'yardim. Turnirning darajasi qanchalik past bo'lsa, taxminlaringiz deyarli to'g'ri chiqaveradi. Avvaliga hisobimda 30 ming dollar bor edi. Men ularni 2,5 million dollarga aylantirdim. Bu hech bir kelishuvsiz men qo'lga kiritgan eng katta pul edi.

Agar o'rnimda boshqasi bo'lganda pullarni qo'lga kiritganidan so'ng o'sha zahoti Singapurga qaytgan va stavkalarni bir umrga esdan chiqargan bo'lardi. Lekin men o'yinchiman. CHempionlar ligasi va tasodifiy o'yinlar uchun pullarni tikishda davom etdim. Bir hafta ichida salkam 1,5 million dollar yutqazdim. Oson kelgan pullar shunday tarzda qo'ldan ketdi. Hayotimda millionlarga bir necha bor ega bo'lganman: 1996 yili, 1997 yili, 2009 yili ikki bor va 2010 yili bir bor. Va har safar pullar bamisoli qum singari kaftlarim orasidan to'kilib ketgan.

OKEAN ORTIDAGI SARGUZASHTLAR
Braziliyadan nihoyat CHiliga uchdim. JCH qatnashchilari bilan oldindan kelishib olmagandim. Men birinchi uchrashuvlarda imkoniyatni boy bergan terma jamoalarga chiqdim. Kongo DR terma jamoasi ikki bor yutqazgandi. Ammo francuz tilini bilmasdim. CHilidan Yamaykaga uchib bordim. Bu erda Karib Kubogi va kelasi yili AQSH qabul qiladigan KONKAKAF Kubogining saralash bahslari o'tkazilardi. Yamayka - beqiyos mamlakat. Men KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritgan terma jamoalar bilan aloqa o'rnatishga harakat qildim. Grenadalik yigitlar bilan tanishdim va hatto ularga biroz pul berdim. Keyin kubaliklarga chiqdim. O'zim uchrashgan 10 nafar futbolchining har biriga ming dollardan berishni rejalashtirgandim. Banknotlarni sanar ekanman, kubaliklarning ko'zlari chaqnab ketardi:
- Bu haqiqiy dollarlarmi?
- Albatta.
Ular yap-yangi pullarni qo'llarida u yoq bu yoqqa aylantirar ekanlar, sal bo'lmasa aqldan ozishga yaqin qolardilar. CHunki ular buncha pulni umrida ko'rmagandilar. Biz tezda til topishib oldik. Okean ortiga qilgan sayohatim yomon chiqmadi.

YANA OSIYODA

Dekabr oyida Bahraynga uchib keldim. U erda mahalliy terma jamoa Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvida bellashishi kerak edi. Bahraynda yarim professional liga bor. SHuning uchun bo'lsa kerak, muxlislar u qadar ko'p emas. Stadionga nari borsa 20 kishi tashrif buyuradi. Bahraynning poytaxti Manama Dubaydan kichikroq. U erda spirtli ichimliklarni sotishadi va ko'ngilxushlik qilish mumkin. SHu bois Saudiya Arabistonidan Manamaga avtomobillar bamisoli keti ko'rinmaydigan karvondek oqib keladi. Bahraynda suniy va shia mazhablariga mansub musulmonlar o'rtasida keskin qarama-qarshilik yuzaga kelgan. SHialar ozchilikni tashkil etishadi. Ularning deyarli hammasi taksi haydaydilar. Saudiya Arabistoni va Bahraynda xuddi shunday ko'rinish yuzaga kelgan. Ammo Eronda shialar mamlakatni boshqaradilar.

Bahraynda hammasini mamlakatni boshqarayotgan oila hal qiladi. Odamlar hozirgacha o'zlarini quldek his qiladilar. Ularni tushunaman. CHunki Singapurda ham xuddi shunday. Etakchi partiya hammani boshqaradi. Davlat xizmatchilari ishdan bo'shatib yuboramiz degan tahdid orqali Xalk partiyasini ovoz berishga majbur qiladilar. 1995 yilgacha bizda suniy yo'ldosh orqali namoyish etiladigan TVga ruxsat bermaganlar, shuning uchun JCHni ko'rish uchun qo'shni Indoneziyaga yo'l olardik.
Bahraynda Suriya terma jamoasining futbolchilari bilan tanishib qoldim.

- Suriya chempionatida biznesingizni yo'lga qo'yishingizda yordam beraman, - deya taklif qildi ulardan biri. - Yurtimizga borsangiz, hammasini o'zingiz ko'rasiz.
Men uning telefon raqamini yozib oldim. Pullar korrupciyaga zamin yaratadi. Umuman puli bo'lmaganlar ko'p narsaga tayyor turadilar. Agar o'yinchiga taklif bilan chiqsang, u hayotida biror marta ko'rmagan pulga ega bo'lish uchun senga rad javobini bera olmaydi. Albatta, musulmonlarda pora olish gunoh hisoblanadi.
Lekin bu o'yinchilar Muborak, Kaddafi yoki Assadni qanday yo'llar bilan boyishlarini bilmaydilar. Tabiiyki, ularning orasida aqidaga qattiq yopishib olmaydiganlar ham topiladi. Men kabilar uchun pullar bukmekerlik saytlaridagi oddiy raqamlar hisoblanadi. Bir zumda boyib ketish va ko'z ochib yumguncha bankrot bo'lish bizni pullar xususida ko'p qayg'urmaslikka o'rgatgan edi. Suriyaliklarni sotib olishga harakat qildim, biroq eplay olmadim. Aniqroq aytganda, kerakligi darajada sotib olmadim. Menda darvozabon yo'q edi. Jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Uchrashuvdan keyin meni Bahrayn FAdagi muhim odamlarga tanishtirdilar. Men bosh kotib Ahmad Yassim bilan uchrashdim. U meni hamma narsaga qurbi etadigan shayx Ali bin Xalif Al Xalif yani, futbol associaciyasining prezidenti bilan tanishtirib qo'ydi. Albatta, ular qanday ishlar bilan shug'ullanishimdan bexabar edilar. Bu kishilar xorijiy terma jamoalarni olib kela oladigan agent bilan tanishganlaridan juda xursand bo'ldilar.

- Bizga xorijiy terma jamoalar kamdan-kam tashrif buyurishadi. Sizdek kishi bilan tanishganimizdan xursandmiz, - deyishdi ular.
Xullas, o'zaro qo'l tashlashdik. Taklif yuborish va o'yinni uyushtirish ulardan, qolgan ishlar esa mening zimmamda. Munosabatimiz tez orada ajoyib ko'rinish oldi. 2009 yilning yanvarida Murugan ikkimiz Qatarga kelgan paytimizda Dan bilan uchrashgandik. Doxa o'shanda yoshlar o'rtasidagi o'rtoqlik turnirini qabul qilgandi. Suriyaliklar bilan til biriktirdik, ular Serbiyaga yutqazishlari kerak edi. Ammo ularning ustozi butun o'yin davomida xuddi telbadek shogirdlariga tinmay baqirdi va biror marta ham o'rniga kelib o'tirmadi. Uchrashuv golsiz durang bilan nihoyasiga etdi.

- Maydon chetidagi telba tinmay baqirar ekan, o'yinchilar qanday qilib yutqazishlari mumkin?  - deya hayron bo'ldi Dan.
Stadionda serb delegaciyasining rasmiy shaxslari bilan uchrashib qoldik va Dan ularga hamkorlik qilishni taklif qildi.  Ortga qaytayotgan paytimizda u styuardessalardan birining ortidan qolmadi. Dan o'zini haqiqiy bossdek tutmay, hammaning diqqatini o'ziga tortishni istaydigan erkatoy bolakay qiyofasiga kirgandi. Samolyotda uchib borar ekanmiz, 2001 yili CHLda Fenerbaxche - Barselona klublari o'rtasidagi uchrashuv chog'ida stadionda chiroq o'chib qolganini esladik. Men bu ishni Pal uyushtirgan bo'lsa kerak, deb o'ylagandim.

- Yo'q, buni Pal emas, balki men tashkil qilganman. Biz xitoylik ikki shovvoz bilan kelishgandik. Ulardan biri bilan biznesimni bo'lishardim. Uni qarzlar tufayli Tailandda o'ldirib yuborgandilar.
SHunda men gap Pal haqida ketayotganini tushundim.
- Brayan stadionda chiroqni o'chirib qo'yish bilan bog'liq g'oyasini o'rtoqlashgandi. Turkiyaga uchib bordim o'sha erda yashaydigan va turk ayoliga uylangan xitoylik bilan tanishdim.  Biz reja ishlab chiqdik. Xitoylikning Turkiya va Moldaviyada katta aloqalari bor edi.  Ispan klublarining Turkiyada yutmaganligini bilganimiz uchun Fenerga tikkandik. Xitoylik kerakli pallada chiroqni o'chirib qo'yish uchun alpinistni yolladi. O'yinni to'xtatib qo'yishadi va stavkam ish beradi, deb o'ylagandim. Ammo hammasi boshqacha kechdi.
- Katta pul yo'qotdingmi? -so'radim men.
- Juda ham ko'p. Stadionda qo'shimcha generator borligini bilmagandik.  CHiroqni yoqishdi va o'yin davom etdi. Xitoylik sherigim shundoq ham qarzlar girdobida qolgani va bir o'yin bilan ahvolini yaxshilab olishdan umid qilganini aytdi. Lekin qarzlarga yanada chuqurroq sho'ng'idi. O'sha o'yin bechorani adoi tamom qildi.
- CHiroqni o'chirishni Brayan emas, balki men o'ylab topgandim.
Dan biroz jim qoldi va shunday dedi:
- Yaxshisi stadionda granata portlatgan maqul.
Ertasi kuni Dan , Admir va men Xanoyga qarab uchdik. U erda Osiyo Kubogi saralash bahslari doirasida o'tadigan Vetnamning Livanga qarshi o'tkazadigan o'yinini sotib olmoqchi edik.

(Davomi bor)

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика