So’nggi yangiliklar

21:15Эрон. "Истиқлол" учун мавсум бошланди, Машарипов асосий таркибда  0 21:09Ўзбекистон футзал термасининг Португалияга қарши баҳс учун таркиби эълон қилинди  1 20:41Эрон. "Фулад"нинг таркиби эълон қилинди, Ўткир Юсупов янги жамоасида дебют қиладими?  5 20:33Жалолиддин Машарипов: "Ўзимнинг собиқ жамоаларимга қарши ўйнайдиган бўлдим"  4 20:20Суперлига. Самарқанддаги оловли ўйинда "Динамо" ОКМК устидан ғалаба қозонди  70 20:00Суперлига. "Қизилқум" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  26 19:05"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 6 ёшли Ғайбуллаев Абдураҳмон  0 18:07Максим Шацких: "Неймар тўпни олиб қўйиш учун ортга қайтмайди, қатарлик ва эронлик футболчилар эса югуришади. Халқаро ўйинларга қадар "Бунёдкор" стадионининг майсаси яхшиланишига умид қиламан"  25 17:27"Тоттенхэм" 30 млн евролик трансферни эълон қилди  1 16:31"Манчестер Юнайтед" юлдуз хавбекини сотиб юбормоқчи  1 15:51Алькантара "Барселона"дан кетди. Собиқ хавбек Фликнинг штабида бир ой ишлади  7 15:18Вазиятларга бой ўтган учрашувда "Сўғдиёна" Тошкентдан ғалаба билан қайтди ГАЛЕРЕЯ  2 14:56Жейдон Санчо АПЛ грандига ўтиши мумкин  2 14:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор"нинг гуруҳ босқичидаги рақиблари аниқланди  53 13:06Июнда Қозоғистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланган Черчесов клуб билан шартнома имзолашга яқин?!  12

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobi beshinchi bobining davomini taqdim etamiz.
Davomi. Boshi quyidagi havolalarda:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob
“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob (davomi)
“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob

Bu orada eski tanishlar – Yap va Tan paydo bo'ldi. Ular bilan yana Kelvin degani ham ishlay boshlagandi. 2006 yilning boshida Germaniyadagi jahon chempionatida ish qilish uchun meni qidirishgan ekan. Lekin, men u paytda hali qamoqda edim...

-   Singapurda nimadir bormi? – so'radi Tan.

Men policiyachilarning ogohlantirishi haqida esladim. Lekin, yangi boss bilan ish qilish menga qiziq tuyulayotgandi.

-   Bitta variant bor.

Men Singapur armiyasining “Gombak Yunayted” jamoasi haqida gapirdim. Obi “Gombak” futbolchilari bilan uchrashuv tashkillashtirdi. U erda ham afrikalik futbolchilar to'p tepishardi. Biz to'rtta futbolchi va hakamni sotib oldik. Tan menga “stavka” qilish uchun 20 ming dollar berdi. Biz Mega bilan internet orqali ham “stavka” qo'yish mumkinligii bilmasdik. Kelishilgan o'yinlar tashkil qilgan bo'lsak-da, bizning uslublarimiz tosh asrida qolib ketgandi.



O'yinda g'olib chiqdik. Ertasiga men o'zimning ulushimni – 30 ming dollarimni oldim. Singapurda bu oddiy summa hisoblanardi. Bizda 10 ming dollarlik kupyuralar ham bo'lardi. Siz o'zingiz bilan bemalol 5 million Singapur dollarini (4 million AQSH dollariga teng) yoningizda olib yurishingiz mumkin.

Singapur chempionatidagi muvaffaqiyatdan so'ng Tan mening xizmatlarimga yanada ko'proq qiziqa boshladi. 2007 yilning avgustida Malayziya mustaqilligi munosabati bilan o'tkaziladigan Merdeka Kubogida ish qildik. Janubi-SHarqiy Osiyodan sakkizta terma jamoa ishtirok etdi. Men turnirda qatnashadigan bir nechta terma jamoalar bilan ular Malayziyaga kelishlaridan oldin uchrashib, kelishib olishni rejalashtirgandim. Juda qulay uslub.

Masalan, 1992 yilda Singapur futbol associaciyasi Merlion Kubogiga Moskvaning “Lokomotiv” jamoasini taklif qilgan. Ushbu jamoaning barcha o'yinlari sotib olingandi. Biz o'yin natijalarini o'yin boshlanishidan avval bilardik.

- Qarang, - dedim Tanga. – Musobaqa avgustda boshlanadi. Menga Malayziya futbol associaciyasi bilan kelishish uchun 100 yoki 200 ming ringgit zarur. Keyin men turnirga keladigan ikkita jamoani tanlayman. Biz associaciyalarga pul to'lab, jamoani o'zimizning hisobimizdan olib kelamiz.

- Buning iloji bormi?

- Mening qo'limdan keladi.

- Buning uchun senga nima kerak?


- Malayziya futbol associaciyasiga to'lash uchun pul, yana 40 ming transport chiqimlari uchun. Yana 10 ming dollardan biz bilan ishlash uchun rozi qilishga FAlar rahbarlariga beramiz. Menga esa yutuqning 5 foizidan pul to'laysiz.

Tan bunga rozi bo'ldi. Men Malayziya FAning ofisiga bormadim. Ularga elektron maktub jo'natdim: “Men agentman va Merdeka Kubogiga keladigan ikkita jamoaga homiylik qilish niyatim bor”. Qo'shimchasiga kelishuv uchun ularga 200 ming to'lamoqchi ekanligimni aytdim. Men hattoki o'zimning haqiqiy ismimni ham ko'rsatganim yo'q. Amaldorlar bunga rozi bo'lishdi. Tanning bosi 200 ming riggitni (65 ming AQSH dollari) bank orqali o'tkazib berdi. U pulni to'g'ridan-to'g'ri o'tkazib yubordi. CHunki menga ishonmasdi.

Malayziya FA bilan kelishuv amalga oshdi. Endi ikkita jamoa bilan kelishuv qolgandi. Men afrikaliklar qashshoq yashashini bilib, Zimbabve terma jamoasi bilan kelishishga qaror qildim. Ular bilan birga Zimbabvening qo'shnisi bo'lgan Lesoto terma jamoasini tanladim. Ularning iqtisodiy holati havas qilarli darajada emasdi.

2007 yilning iyunida Yoxannesburgga uchishga qaror qildim. Pal va tog'a bilan birgalikda AQSHda bo'lganman. Faoliyatimning qolgan qismi esa Singapur va Malayziyada bo'lib o'tgan. Afrikaga ilk marotaba safar qilayotgandim. Men u erga Yap bilan birga uchdim. Boss unga 40 ming dollarni ishonib topshirgandi.

“Unga pishirib qo'yibdimi”, - o'yladim men. Men aviabilet narxlarini oshirib ko'rsatib bir oz foyda qilmoqchi edim. Endi u bilan bo'lishishga to'g'ri keladi. Biz qimmat mehmonxonalardan birida istiqomat qildik. Zimbabveliklarga qancha taklif qilish haqida o'ylayotgandim.

-   Uchta o'yin. Har biri uchun 50 mingdan 150 ming bo'ladi. Agar hal qilsak uzoqqa borasiz va chorak finalda ham o'ynaysiz. O'sha o'yin uchun ham 50 ming olasiz. 200 ming – ajoyib taklif!


Ularni hayron qoldirish uchun xuddi Robert De Niro kabi gaplashish zarur.
Tan Zimbabve poytaxti Xararega uchish vaqtida judayam hayajonlanardi.

-   Hammasi o'xshashiga ishonching komilmi? Xuddi detektiv komediyaga o'xshaydi.

-   Amallayman.


Men zimbabveliklarga pul zarurligini bilardim. 100 dollar ular uchun ko'p. 100 ming esa judayam katta summa. Imkoniyatlarimni 80 foizga baholayotgan edim. Bungacha ham zimbabveliklar bilan ish qilishga ulgurgandim. 1997 yilgi ish muvaffaqiyatli amalga oshgandi. Aeroportdan tushishingiz bilan mamlakatning qashshoqligi bilinib turardi. 70-yillardagi Malayziyani eslatib yuborardi.
Men cho'ntagimga faqat vizitkani solib mahalliy futbol associaciyasining ofisiga bordim. U erda meni Jambojumbo ismli amaldor kutib oldi. Savol berdim:

-   Bu sizning haqiqiy ismingizmi? Ota-onangiz haqiqatdan ham sizga shunday ism qo'yishganmi?

-   Ha.

Singapurda mana shunday qandolatchilik tashkiloti bo'lardi. O'zimni kulgudan zo'rg'a tutib turardim.

-   Demak, janob Jambojumbo. Men Merdeka Kubogining tashkilotchisiman. Turnirga ikkita Afrika jamoasini taklif qilmoqchiman. Zimbabveda vaziyat qiyin. SHu sababli sizlarning xarajatlaringizni o'zimiz ko'tarmoqchimiz. 8 ta jamoa ishtirok etadi. 4 ta jamoadan 2 ta guruhga bo'linadi. Yarim final va final. G'oliblarga sovrin va pullar to'lanmaydi. Lekin, biz sizlarga 30 ta aviabilet va yashash uchun joy taqdim etamiz. Vaqtingizni mazmunli o'tkazasizlar.

Bir oz o'tib qo'shimcha qilib qo'ydim:

-   Agar sizga qo'shimcha pul zarur bo'lsa bitta g'oya bor.Tashkilotchi sifatida men mezbonlarning finalda ishtirok etishlarini taminlashim zarur. Bir qancha jamoalar bu orada Malayziyaga yutqazib berishiga to'g'ri keladi. Agar hamkorlik qilishga rozi bo'lsangiz, har bir o'yin uchun 50 ming dollar olasiz.


Men nima haqida gapirayotganimni tushunib olgunicha yana gapirdim:

-   Nima qilish o'zingizga bog'liq. Lekin, jamoani Malayziyaga olib boring. Murabbiy, futbolchilar bilan ish qilamiz. Har bir o'yin uchun 50 ming to'laymiz. Uchta o'yin – 150 ming. Balki to'rtinchisi ham bo'lishi mumkin. Umumiy qilsak 200 ming bo'ladi. Bu katta pul.

Jambojumbo bosh irg'adi.

-   Barchasi to'landi: chiptalar, mehmonxona va boshqa xarajatlar. Mana sizga yana 10 ming dollar. Bularni sovg'a sifatida qabul qiling. Bularni o'zingizda qoldiring. Agar barchasini kelishilgandek qilsangiz ular 200 mingga aylanadi.

U menga ishonmasdan qo'lidagi pullar dastasini aylantirib turardi. Qo'llari ham qaltirardi. Unga keyingi kuni qo'ng'iroq qildim.

-   Gap yo'q. Biz rozimiz.

Men Malayziya FA bilan aloqaga chiqdim. Ular zimbabveliklarga rasmiy taklif yubordilar. Ish deyarli bitgandi. Yakunda Jambojumboga maslahat berdim:

-   Kuchli tarkibingizni olib kelishingiz zarur. Gapga kiradigan futbolchi va murabbiylar bo'lishi lozim. Bu judayam muhim. Biz aytganimizdek natija qilib berishinglar zarur. Agar 0:3 hisobidagi mag'lubiyat zarur bo'lsa, shu hisobda yutqazib berishinglar kerak.

Malayziya futbol associaciyasi mehmonlarni mehmonxonaga joylashtirishni taminladi. Biz faqat chiptalarga pul ishlatgandik. Yoxannesburgda aviachiptalar narxini 20 ming dollarga oshirib ko'rsatdik va pullarni Tan va Yap bilan birgalikda bo'lib oldik.

Lesotoga uchishga hojat bo'lmadi. Zimbabvedagilardan ularni telefon raqamlarini oldim.

-   Menda ajoyib taklif bor. Biz sizlarni Malayziyadagi Merdeka Kubogiga taklif qilamiz. Bu pul ishlab olish mumkin bo'lgan tijoriy turnir.

Albatta, barchasini ipidan ignasigacha gapirib o'tirmadim. Umumiy qilib tushuntirdim. Lesotoliklar ham rozi bo'lishdi. Bir haftadan so'ng ikkala delegaciya ham Malayziyaga uchib keldi. Biz ularni poytaxtga emas, shahar chekkasiga joylashtirdik. Ikkita o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilib berdik. Tanning yigitlari ularga telefon, turli xil kiyimlar sotib olib berishdi. Ular xuddi yosh bolalardek xursand edilar.

Delegaciya boshliqlari va Jambodumbo hafta davomida maishat qilishdi. Dastlabki o'yin oldidan men futbolchilarni to'pladim:

-   Bu Olimpiada yoki JCH o'yinlari emas. Yutasizmi yutqazasizmi – farqi yo'q. Lekin, yutqazib beradigan bo'lsangiz 40 ming olasizlar.




SHunday qilib 40 ming futbolchilarga ketdi. Afrikaliklarni bilaman. Ularga 40 ming bersang, pul futbolchilarga etib bormaydi. SHunda Jambojumboga qarata:

-   Bu kompaniyamizning sharti. Pullar mening ko'z oldimda futbolchilarga berilishi lozim. Pullar konvertning ichida. Delegaciya rahbari ularni ko'z oldimda ochadi va futbolchilarga tarqatadi.

-   Bu sizlarning siyosatingiz. Bizning siyosatimiz esa boshqacharoq. Futbolchilarga faqat 20 foiz beriladi. Qolgani esa o'zimizga.


-   Yo'q, Jambojumbo. Bunaqasi ketmaydi. Mening ishim mening qoidalarim bo'yicha bo'lishi zarur.

Yakunda har bir futbolchi o'z ulushini oldi. Amaldorlar hech narsa qila olmadilar. SHundan so'ng mening vazifam kamaya boshladi. Tan va uning bosi jamoani o'zlari istagancha boshqarishni istardilar. Ular menga turnir yakuniga etganidan so'ng pullarni to'lashga vada qildilar.
Dastlabki o'yinda Zimbabve Singapurga 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Vatandoshlarimning g'alabasi uchun 4 koefficient berilgandi. Men 100 ming dollarga yaqin foyda ko'rdim.

Lesoto bilan boshqacha bo'ldi. Ular Malayziyaga kelishganidan so'ng barcha futbolchilarni mehmonxonaga to'pladim va barchasini tushuntirdim. 50 ming ham berdim. Ular birinchi o'yinda Myanmaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldilar. Biz foyda qila olmadik. Ularga yana bir marotaba nima istayotganimizni tushuntirib berdik.
Keyingi turda Lesoto terma jamoasi Laosga qarshi maydonga tushdi. Raqiblarni Kalbosh laqabli xitoylik nazorat qilardi. Kalbosh sochlarini elkasigacha tushirib yurardi. Tan ular bilan kelishishga harakat qildi. Lekin, u jiddiy ravishda rad etdi:

-   Siz o'z o'yiningizni o'ynang. Men o'zimnikini. Ko'ramiz, kim kelishilgan o'yinlar qiroli ekan.

Birinchi bo'lim Lesotoning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu hech narsani bildirmasdi. Sababi, Tan va Kalbosh “stavka”larni ikkinchi bo'limda qo'ymoqchi edilar. Tanaffusda kalbosh o'yinchilariga qarata:

-   Menga uchta gol farqi zarur. O'tkazib yuborasizmi, gol urasizmi – farqi yo'q!


Tan esa quyidagicha ko'rsatma berdi:

-   Gol urmang, o'tkazib ham yubormang.

Kalbosh sobiq do'sti Palga qo'ng'iroq qildi. Pal mening odamlarim Kalboshga qarshi o'ynayotganini bilib barchaga elon qilibdi: “Kalbosh Uilsonga qarshi. Ko'ramiz, kim haqiqiy qirol ekan”.

Ikkinchi bo'lim 3:1 hisobida qoldi. Biz Kalbosh ustidan g'alaba qozongandik.

So'nggi o'yinda esa Lesoto Malayziyaga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Tanning bosi xursand edi. U bilan yuzma-yuz uchrashmagan bo'lsak-da, o'rtadagilar orqali ishlagandik. Merdeka Kubogida barcha ajoyib ishlagandi. Menga esa 100 ming ringgit ajratib berishdi.



-   Bu nimasi? Biz yutuqdan 5 foizga kelishgandik...

Nima ham qilardim. Jambojumboning siyosati menga ham aksini ko'rsatgandi. Kattaroq pul ishlash uchun o'zim ishlashim zarur. Qamalib chiqqanimdan so'ng dunyo tezda o'zgarayotganini tushungandim. Muhim narsalar internet orqali bo'lib o'tayotgandi. Do'stlarim ham endi telefon orqali emas, internet orqali “stavka” qo'ya boshlagandilar.

Davomi bor...

Aziz To'xtamurodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика