Kelasi hafta Olimpiadaga licenziya beradigan Osiyo chempionati mezboni aniqlanadi, O'zbekiston ham nomzod
24 sen 2022 07:43
Yangiliklar
Kelasi hafta Olimpiadaga licenziya beradigan Osiyo chempionati mezboni aniqlanadi, O'zbekiston ham nomzod
30 sentyabr kuni AFK 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2024 yilgi Osiyo chempionati mezboni bo'yicha yakuniy qarorni elon qiladi.
Bu haqida Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida malum qildi.
Ushbu Osiyo chempionati Parij Olimpiadasi uchun saralash vazifasini bajaradi.
Musobaqani o'tkazish uchun 5 ta mamlakat davogarlik qilmoqda:
Eron
Qatar
Saudiya Arabistoni
Birlashgan Arab Amirliklari
O'zbekiston.
Ketma-ket ikkita musobaqaga mezbonlik qilish bo'yicha taqiq yo'q. SHuning uchun 2022 yilgi Osiyo chempionatini o'zida qabul qilgan O'zbekiston ushbu ro'yxatda qolaveradi. SHuningdek agar Qatar va Saudiya 2027 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligini qabul qilsa, 2026 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga ham mezbonlik qilishi mumkin, deb yozadi Nikimbaev.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar