So’nggi yangiliklar

22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  0 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  0 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  7 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  0 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  1 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   1 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  6 19:13ПРО-Лига. "Бухоро" ўз уйида "Машъал"га имкониятни бой берди  10 19:10Расман: "Акрон" Артём Дзюба трансферини эълон қилди  4 18:47Де Брюйне "Ман Сити" сардори бўлишни истамайди  0 18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0 17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  4 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  10 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  5

Kelajakka nazar: “Yuventus”da yoshlarga bo'lgan etibor Yangiliklar

Kelajakka nazar: “Yuventus”da yoshlarga bo'lgan etibor

“Yuventus” akademiyasi ajoyib ish olib borayotgani va muntazam ravishda yuqori darajali futbolchilar etkazib berayotgani hech kimga sir emas.

Hozirgi kunda uning ko'p sonli futbolchilari A Seriya va quyi divizionlarda muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritmoqda. Biroq akademiyaning hamma tarbiyalanuvchilari ham to'g'ridan-to'g'ri asosiy tarkibga qo'shilib ketayotgani yo'q. Kimdir ertaroq, kimdir kechroq “zebralar” safiga qo'shilmoqda. Masalan, ijara muddati yakunlangandan so'ng, yana Turinga qaytib ketgan Rugani va Spinaccolarni eslang.

Umuman olganda, “Yuventus” o'zining yosh futbolchilaridan o'ziga xos tarzda foydalanadi. Masalan, Kaldara yarim yil avval Italiya chempioni nomiga sazovor bo'ldi. Biroq “Atalanta”da ijarada bo'lgani sababli “Yuventus”ning birorta o'yinida ham ishtirok etolmadi. Leonardo Bonuchchi “Yuve”ga qaytgani sababli, Mattia yozda “Milan” bilan shartnoma imzoladi. “Byankonerilar” poziciyasiga ko'ra, Kaldara yana “zebralar” tarkibida o'ynashi mumkin. Bundan tashqari, “Yuve” o'z safiga “Milan” sardori Alessio Romanolini qo'shib olishga urinib ko'rishi ham hech gapmas.  

Kaldara "Yuventus" foydalanishi mumkin bo'lgan yagona aktiv emas. Mamlakat bo'ylab transfer huquqi amaldagi chempionga tegishli futbolchilar juda ko'p. Zarur vaqtda ular ortga qaytarilishi, boshqa bir futbolchi transferini amalga oshirilishida as qotishi yoki shunchaki sotib yuborilishi mumkin.

Italiyaning yana bir iqtidorli o'yinchilaridan biri Rikkardo Orsolini o'tgan omadsiz mavsumdan so'ng va nihoyat A Seriyaga ko'nikmoqda. Uning hisobida 2ta gol va “Bolnya” tarkibida 1ta golli uzatmasi bor. Uning iqtidoriga shubha yo'q, lekin uni hali mukammallashtirish zarur va kelgusida klubga har qanday vaziyatda foyda keltirishi lozim.

“Jenoa” hujumchisi Andrea Favilli ikki marotaba zaxiradan maydonga tushib, 2 martta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. Alessio CHerri B Seriyada “Peruja” tarkibida 15ta gol urib katta umid uyg'otgandi. Lekin uning “Kalyara”dagi faoliyati unchalik ham omadli bo'lmadi. Hujumchi 4 marotaba maydonga tushgan bo'lsada, yaxshi natija qayd etolmadi. Hattoki, uning sherigi Filippo Romanyaning statistikasi unikiga qaraganda ancha yaxshiroq. Himiyachi “orolliklar” tarkibida 7ta o'yinda ishtirok etgan. Emil Audero esa “Sampdoriya”ning asosiy tarkibida maydonga tushib, 5ta o'yinda ham gol o'tkazib yubormadi.

Mattia Vitale SPAL uchun deyarli o'ynayotgani yo'q va qishda klubini o'zgartirishi ham mumkin. Bundan tashqari, “Yuve” katta pul tikkan Marko Pyacadan ham ko'p narsa kutishgandi. Xorvatiyalik yarim himoyachi “SHalke”ga o'tishi omadsiz keldi. Endi esa “Fiorentina” tarkibida o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Hozir buni yaxshi uddalay olmayotgan bo'lsa-da, uning hisobida 1ta gol va 1ta golli uzatma bor.

Franchesko Kassata “Frozinone” tarkibida 5ta o'yinda ishtirok etgan bo'lsa ham, o'zini ko'rsatolmadi. Rolando Mandragora esa “oq-qora”larning asosiy o'yinchisi bo'la oldi. Yarim himoyachi “Udineze”ning 11ta bahsida maydonga tushib, samarali o'yin ko'rsatdi.

“Yuve”ning yana 3ta tarbiyalanuvchisi hozirda “Sassuolo”da faoliyat olib bormoqda. Rojerio, Manyani va Lirola “Sassuolo”ning asosiy himoyachilaridir. Ayniqsa, ispaniyalik lateral ko'pchilikning diqqat etiborini tortmoqda. Futbolchi 1 ta gol urib, 2 bor sheriklariga golli uzatma etkazib berishga erishdi. Katta ehtimol bilan yozda biz Lirolani “Yuventus” safida ko'rsak ajab emas. Futbolchi klubda qolmagan taqdirda ham, unga xaridorlar topilishi turgan gap.

“Yuventus” futbolchilari nafaqat Appenin yarim orollarida balki boshqa davlatlarda ham to'p tepishmoqda. Hujumchi Stefano Beltrame Gollandiyaning ikkinchi divizioni vakili “Den Bosx" safida joriy mavsum 6 ta gol urishga muvaffaq bo'lib ulgurdi. Alessandro Trippaldelli hozircha "Zvolle" asosiy tarkibi uchun kurashda imkoniyatni boy bermoqda va bor yo'g'i 2 uchrashuvda maydonga tushdi. Laurentio Branesku va Rojer  Pinda Xorvatiya chempionatida o'ynashmoqda. Ha, ular qachondir “Yuventus Stedium”ga oq-qora yo'l-yo'l futbolkalarda maydonga tushishlari qiyin masala, lekin kun kelib ularni sotadigan bo'lsa, “Yuve” g'aznasiga malum miqdorda pul kelib tushadi. SHu kabi holat klubning B Seriyadagi tarbiyalanuvchilari bilan ham.

SHuningdek, “Yuventus”ning yoshlar jamoasi haqida gapirmasak ham bo'lmaydi. Ispaniyada bu yo'lga qo'yib ulgurilgan desak bo'ladi, lekin Italiyada “byankonerilar” bu borada etakchilar. “Keksa sinora”ni yoqtirmaydigan muxlislarning orzusi amalga oshdi. “Yuventus” S Seriyada o'ynamoqda, o'ynaganda ham xavfli zonaga tushib qolgan. Qishda bundan to'g'ri xulosa chiqariladi va vaziyatni o'nglash uchun B Seriyadan futbolchilar chaqiriladi deb o'ylaymiz. Klub rahbariyati “Yuventus  U23”ni yaqin kelajakda B Seriyada ko'rishni rejalashtirgan. SHunda o'yin amaliyoti zarur bo'lgan yoshlarni boshqa jamoalarga ijaraga berish shart bo'lmaydi.

“Yuventus” yoshlar bilan ishlash tizimini ajoyib yo'lga qo'yib ulgurgan. Futbolchi asosiy jamoa tarkibida maydonga tushmasa ham, katta ehtimol bilan klubga yaxshigina foyda keltiradi. Klub skautlari har kuni Italiya va undan tashqarida iqtidorlarni izlash bilan band. Buning barchasi qisqa vaqt ichida “Yuventus  U23”da o'z aksini topadi, samarasini beradi. Bundan o'z navbatida asosiy jamoa yutadi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика