So’nggi yangiliklar

00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  9 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Атлетик" финал йўлида баҳс олиб боришмоқда.   4 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  15 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  99 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3

“Kelajak yulduzlari”-2016 vodiy festivalining ajoyib yakuni haqida Yangiliklar

“Kelajak yulduzlari”-2016 vodiy festivalining ajoyib yakuni haqida

Bugun Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida “Kelajak Yulduzlari” musobaqasining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Yopilish marosimi bolajonlar uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Turnirimizning so'nggi kunida, tuman hokimining shaxsan o'zi tashrif buyurganligi, saytimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar kelajakda albatta o'z mevasini berishiga shubha qilmasligimizga sabab bo'la olsa kerak.


Tuman hokimi, Nosirjon Zokirjonovichdan tashqari, Namangan VFF Vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev, tuman BO'SM direktori Nemutullo Soibboevich ham ishtirok etdilar. Bolajonlarni quvontirgan yana bir holat, unda Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov va Azim Ahmedov kabi MTJ azolarini tashriflari bo'ldi.


Bolajonlarni bo'lib o'tgan musobaqadagi ishtiroki bilan tabriklar ekan, To'raqo'rg'on tumani hokimi Nosirjon Zokirjonovich, ulardan albatta kelajakda yaxshi futbolchilar chiqishi kerakligini takidlab o'tdi.

“To'raqo'rg'on tumanini o'zbek futbolida tutgan o'rni katta. Bizning tumanimizdan juda ko'plab istedodli futbolchilar chiqishigan. “Navbahor” jamoamizning 1996 yilda erishgan muvaffaqiyatida, ularning ham xissalari katta bo'lgan edi. Tumanimizga bolalar futboli mana shunday fayz bilan kirib kelgani bizni quvontirdi. Kelajakda Sizlar bilan yanada ko'plab turnirlar o'tkazib boramiz degan niyatdamiz”, - deydi Nosirjon Zokirjonovich.




Garchand, musobaqada qatnasha olmagan bo'lsada, Odil Ahmedov turnirga beetibor bo'lmadi va o'zi to'p tepayotgan “Krasnodar” jamoasining futbolkasini sovg'a qildi.

O'z navbatida tuman hokimi, mana shu joylarni obod bo'lishida, maktabni ochilishida o'zining faolligi bilan ajralib turgan, Zokirjon Olimovichga tashakkurnoma topshirar ekan, o'g'li Sodiq va uning do'sti Odil Ahmedov uchun minnatdorchilik bildirdi. 




Festivalda ishtirok etgan jamoa murabbiylari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


"Navbahor" - Azim Rajabboev

"Yoshlik" - Doniyor G'aniev

"Odil Junior" - Nuriddin Akbarov

"BFK Asia" - Timur Bozorov

"Istiqlol" - Dilmurod Mamadaliev

"Do'tslik" - Jamoliddin Kasimov

Musobaqani tashkil etishimizda o'zining yaqindan yordamini ayamagan, viloyat FF Vice-prezidenti so'zga chiqib, 2017 yilda ham mana shunday festivallarda ko'rishishga vada berdi.




“Odil Ahmedov va Sodiq Ahmadaliev kabi viloyatimiz o'g'lonlariga mingdan-ming rahmat! Ularning qilayotgan bu kabi ishlari kelajakda albatta o'z samarasini beradi. SHuningdek, bizning eng yaqin hamkorlarimizdan biriga aylanib qolgan “Championat.asia” saytiga tashakkur aytamiz. Bir necha yil o'tib, Siz bugun ko'rib turgan futbolchilaringizni o'rnida turishingiz kerak. Buning uchun barcha etiboringizni mashg'ulotlarga qarating, shunda kam bo'lmaysizlar”, deydi Bahrom Xolmirzaev.

Odil Ahmedovning sovg'asini, Sodiq Ahmadaliev To'raqo'rg'on tumani hokimi, Nosirjon Zokirjonovichga topshirayapti.


Mahalla faoli Zokirjon Olimovichga esdalik sovg'asi...


Odil Ahmedov va Sodiq Ahmadalievning Respublika Olimpiya zaxiralari kollejidagi ustozi, Bahodir Karimovga turnirning oltin medallarini topshirilyapti.


Jaloliddin Masharipov va Jamshid Iskanderovdan "selfi"... 

Keyingi musobaqalarda ko'rishguncha!

Nigora Abidova.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика