Keyn - APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi
13 fev 2015 15:35
Yangiliklar


Keyn - APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn Premer-liganing yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"SHpor"larning Angliya chempionatidagi 4ta o'yinida Keyn 5ta golga mualliflik qildi. Yanvarning eng yaxshi murabbiyi sovriniga "Sautgempton" bosh murabbiyi Ronald Kuman ega chiqdi. Uning qo'l ostidagi klub yanvar oyida uchta uchrashuvda g'alaba qozondi, ularning raqiblari orasida "Arsenal" va MYU bor edi.

Fikrlar