Kechagi o'yindan keyin matbuot anjumani o'tkazilmadi
28 may 2014 09:00
Yangiliklar
Kechagi o'yindan keyin matbuot anjumani o'tkazilmadi
Kecha Olmaliq shahrida o'tkazilgan O'zbekiston va Ummon milliy terma jamoalari ishtirokidagi o'yindan keyin matbuot anjumani o'tkazilmadi.
Buning aniq sabablari bizga malum emas. Malumki, xalqaro darajadagi o'rtoqlik o'yinlaridan so'ng matbuot anjumanini tashkil qilish ko'p joyda odat tusini olgan.
Aslida uchrashuvdan bir kun oldin ham anjuman tashkil qilinmadi. Matbuot anjumanlarini o'tkazish futbol targ'iboti uchun nihoyatda muhim. Mana yaqinda futzal bo'yicha milliy terma jamoamiz Vetnamdagi Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni olib qaytdi. Lekin termamiz kelganidan keyin ham bosh murabbiy va qaysidir o'yinchi ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilmadi.
To'g'risini aytganda, buning aybdori O'FFmi yoki Terma jamoalar markazimi, aniq gap aytish qiyin. Lekin qars ikki qo'ldan chiqadi deganlaridek, har ikki tomondan ham kamchilik o'tgan bo'lishi mumkin. Gapiraman desangiz, kamchiliklar bisyor. SHuhrat Maqsudov olimpiya terma jamoamizga, Sergey Lushan Aleksey Evstafeev o'rniga yoshlar terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlanganiga ancha bo'ldi. Lekin bu ikki murabbiy ham xalqqa rasman tanishtirilgani yo'q. Natijada jurnalistlar undan-bundan surishtirib yozib yurishibdi.
Kechagi bahsda ko'rsatgan xizmati uchun “Olmaliq” futbol klubi matbuot kotibi Baxtiyor SHirinovga alohida rahmat. CHunki anchadan beri terma jamoamiz o'yinlarida maxsus “programkalar” chop etilganini ko'rmagandik. Ammo Baxtiyor aka shuni uddalabdilar. Mana endi “Jar”dagi bahs to'liq O'FF nazoratida bo'ladi, uch nafar futbolchining terma jamoa bilan xayrlashishi kutilyapti. SHunday ekan, O'FF matbuot xizmatidan ham OAV xodimlari uchun nimadir qilishni kutib qolamiz.
Kechagi o'yinni ko'rish uchun Toshkentdan o'nlab jurnalistlar Olmaliqqa borishdi. Saytimiz xodimlari Nodirxo'ja Yuldashev, Kamoliddin Alimov, SHaxboz Beg'amovdan tashqari boshqa OAVda faoliyat yuritayotgan Ulug'bek Mirzaev, Norbek Niyozov, Bobomurod Abdulla, Farhod Norbo'taev, Davron Fayziev, Bahodir Mirzaev kabi hamkasblarimiz ham o'yinni ko'rish maqsadida borishgan ekan. Bundan tashqari, Olmaliqning o'zidan mahalliy jurnalistlar kelishdi. Xullas, ko'pchilikni tashkil etdik. Ammo terma jamoaning o'yini bo'la turib uchrashuvdan keyin matbuot anjumani o'tkazilmadi. Natijada o'yindan oldin madhiya yangragani, stadionda suxandon ishlaganini hisobga olmaganda bellashuv go'yoki qishki yig'in paytida klublarimiz o'tkazadigan nazorat bahsiga o'xshab qoldi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar