Kecha Urugvay terma jamoasining Xitoyga etib borgan 9 nafar futbolchisi mashg'ulot o'tkazdi
20 mar 2019 10:32
Yangiliklar
Kecha Urugvay terma jamoasining Xitoyga etib borgan 9 nafar futbolchisi mashg'ulot o'tkazdi
O'zbekiston terma jamoasining yarim finaldagi raqibi Urugvay terma jamoasi futbolchilari bosqichma-bosqich Nanning shahriga etib borishmoqda. Dastlabki 3 futbolchi 18 mart kuni manzilga etib borishgan bo'lsa, undan keyin yana 6 futbolchi terma jamoa ixtiyoriga qo'shildi. Kecha aynan 9 nafar futbolchi trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazdi.
Kecha yana 9 nafar futbolchi Xitoyga etib bordi. Bugun so'nggi to'rt futbolchi Muslera, Nandez, Kampanya va Jovanni Gonsales terma jamoaga qo'shilishadi.
Faqatgina ertaga Urugvay terma jamoasi to'liq tarkib bilan mashg'luot o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Urugvay uchrashuvi 22 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:35da Nanning shahridagi "Guanxi Sports Centre" stadionida boshlanadi.
Uruguay Gaston Pereiro - 5', Cristhian Stuani - 23', Cristhian Stuani - 82' |
Friendlies . 1-tur 22/03/2019, 15:35 0
:
3
Tugadi
|
Uzbekistan |
Stadion: 18771 tomoshabin
Fikrlar