So’nggi yangiliklar

10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  0 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  2 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақида ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  10 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3 06:55Суперлига. "Хоразм" ва "Бунёдкор" ўз рақибларини мағлуб эта олмади. "Қизилқум" эса "Бухоро"га қарши ўйинда ғалаба қозонди  0 06:48Рустам Турдимуродов: "Менга берилган имкониятдан фойдаландим"  0 01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  10 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  8 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  8 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   5

Kecha "Lokomotiv" faqat startni yaxshi oldi xolos... Yangiliklar

Kecha "Lokomotiv" faqat startni yaxshi oldi xolos...

O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi Osiyo chempionlar ligasi ikkinchi turida "Ar Rayan"ga yutqazib qo'ydi.

Aslida mazkur bahsda "temiryo'lchilar" g'alaba bilan yurtimizga qaytishlari kerak edi.

O'yinni Fyodorov shogirdlari juda yaxshi boshlashdi. Tezkor va chiroyli hujumdan keyin Diyorjon Turopov o'yindan tashqari holatda bo'lsa ham gol urishga erishdi. Ochig'ini aytish kerak ko'pchilik bunday startni kutmagandi. Xatto goldan keyin ham safarda o'ynayotgan "Lokomotiv" tashabbusga erishganini va bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratganini barchamiz guvohi bo'ldik. Hujumlar xatto chiroyli harakatlar bilan amalga oshirildi. Afsuski "Lokomotiv" ishonchli o'yinni natijada aks ettira olmadi va g'alaba qozonish kerak bo'lgan o'yinda yutqazib qo'ydi.



Dastlabki 25 daqiqada Oleg Zoteev ikki marta juda ham qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. Alamlisi aynan mana shu vaziyatlardan keyin "Ar Rayan" hisobni tenglashtirdi. Raqib xavfli hujum qilmasdan, taym oxirida Lukka De Britoning kuchli zarbasi yordamida hisobni tenglashtirib ketdi. Ikkinchi o'tkazilgan golda ham himoyachilar xato qilishdi va boshqa bir legioner Rivas to'p kiritib ketdi.

Bemalol birinchi raqam bilan, hujumkor o'ynasa bo'ladigan raqibga qarshi o'yinda "Loko" qiynalib qoldi. Natijadan kelib chiqib o'ynash rejasi ish bermadi. "Ar Rayan"ning eng bo'sh nuqtasi himoya ekanligini barcha ko'rdi. Hujumi esa juda o'tkir va kuchli. Soriya, Tabata, Qariya bo'lsada ijrochilari kuchli. Aynan shu jihat "Ar Rayan"ning g'alabasida hal qiluvchi rolni bajardi.



To'g'ri OCHLda kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Ammo "Ar Rayan" bilan bemalol o'ynasa bo'lishini "Loko" dastlabki daqiqalarda namoyish etib berdi. Qatar klubining ikki legioneri Lukka va Rivas o'yin taqdirini hal qila oldi. "Lokomotiv"da esa ketma-ket uchinchi o'yindirki uch nafar legioner o'yinni zaxirada boshlamoqda. Hozircha faqat Yovan Jokich asosiy tarkibda o'ynamoqda xolos. So'nggi yillarda "Lokomotiv" legioner tanlashda adashib kelayotgani haqida saytimizda maqola ham chiqqandi. Bu safar O'zbekiston chempionatida o'ynagan va sinovdan o'tgan legionerlar transfer qilindi. Biroq Fyodorov ularni hozircha faqat zaxiradan maydonga tushirish bilan kifoyalanmoqda xolos.

Albatta o'yindan bir kun oldin tunda sodir bo'lgan favqulodda holat ham "Lokomotiv" futbolchilariga tasir qilgandir deyishingiz mumkin. Agar o'yin boshidanoq yigitlar shoshilib, ko'plab xatolar qilishganida biz ham shunday o'ylardik. Futbolchilar kichik shok va bedor o'tkazilgan tundan keyin o'zlariga kelib olishmagan degan xayolga borardik. Biroq yuqorida aytilganidek "temiryo'lchilar" uchrashuv avvalini ajoyib o'tkazishdi.



Xulosa qilib aytganda, birinchi taymning o'zida "Lokomotiv" vaziyatlardan unumli foydalana olganida hisob xatto yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Ammo hujumchilarga sovuqqonlik etishmadi va umuman kerak bo'lmagan o'yinda ochko yo'qotildi. Deyarli shunday holat o'tgan yilgi mavsumda ham Qatarning "Al Duhayl" klubi bilan o'yinlarda kuzatilgandi. O'sha o'yinlardan xulosa chiqarilmaganligi kechagi bahsda yaqqol ko'zga tashlanib qoldi.

"Lokomotiv" - poezd, poezd esa manzilga etib borishi uchun bir maromda harakatlanishi lozim.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика