So’nggi yangiliklar

05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  2 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  3 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  4 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  2 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  19 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  104 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  60 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4

Kecha Kubok finali o'tkazildimi yo tayyorlov guruhlarimi? Yangiliklar

Kecha Kubok finali o'tkazildimi yo tayyorlov guruhlarimi?

12 noyabr qachon kelarkin deb ko'pchiligimiz orziqib kutgandik.
Va nihoyat kechagi kunni ham o'tkazib oldik. O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi bu safar Olmaliq shahrida bo'lib o'tdi. Avvalo "Olmaliq" futbol klubi rahbariyatiga jurnalistlar uchun qulay sharoit hamda Toshkentdan avtobus tashkil qilib bergani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Endi o'yin va o'yin atrofidagi voqealarga o'z munosabatimizni bildirsak.

Kubok finali - o'z nomi bilan Kubok finali. Bu o'yin barchaning esida qoladigan bahs bo'lishi kerak. Ammo kechagi uchrashuvni ko'rib, bunday fikrga borish qiyin. O'yinning umumiy kartinasiga to'xtaladigan bo'lsak, bellashuv birmuncha zerikarli kechdi. Ko'plab futbolchilarda individual mahorat yuqori emasligi ko'rinib qoldi. Yil bo'yi maqtalgan Sardor Rashidov maydonda deyarli ko'rinmadi. Eshitishimcha, bu futbolchi Evropaga ketishni orzu qilayotgan ekan. Lekin bu o'yini bilan Evropa tugul, bironta arab klubiga borishiyam dargumon.

Kechagi o'yinda tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Aleksandr Geynrix, Jasur Hasanov, Ignatiy Nesterov singari futbolchilarda tajriba ko'pligi Loko g'alabasiga sababchi bo'ldi. Lekin temiryo'lchilar tarkibida alohida bir futbolchini ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Hamma o'z imkoniyatidan kelib chiqib harakat qildi. Ammo terma jamoa ko'zi bilan qaraydigan bo'lsak, hech bir klub safida yarq etib porlagan o'yinchi ko'zga tashlanmadi. Afsuski, futbolchilarimiz saviyasi yildan yilga tushib ketmoqda yoki bo'lmasa bir joyda qotib turibdi.



"Lokomotiv" kecha "Bunyodkor"dan kuchli edi, shu bois jamoa haqli g'alabaga erishdi. "Loko" raqibiga qaraganda ko'proq xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Yutishni judayam xohlayotgani ko'rinib turdi. Ammo maydonda 120 daqiqa harakat qilgan futbolchilarga qarar ekansan, temiryo'lchilar tarkibida klubning birortayam o'z tarbiyalanuvchisi yo'qligi dilni xira qildi. Kecha aqalli bitta o'yinchi "Loko"ning o'z tarbiyalanuvchisi bo'lganida edi, biz bu jamoaga nisbatan futbolchilar yig'indisi degan atamani ishlatmagan bo'lardik.

O'yindan keyingi matbuot anjumaniga dastlab yutqazgan jamoa bosh murabbiyi kirdi. Sergey Lushan ortiqcha tushkunlikka tushmay savollarga erkin va batafsil javob qaytardi. Biz jangda qariyalar bilan g'alaba qozonmoqchi edik, lekin o'xshamadi deb qo'ya qoldi. Negaki murabbiyga nima uchun O'rinboev, Komilov, Hamdamov kabi yoshlarni zaxirada ushlab o'tirdingiz degan etirozli savol bo'lgandi. Lushan o'z jamoasi bilan faxrlanishini aytdi va kelasi yil klub akademiyasidan yana 5-6 nafar tarbiyalanuvchini asosiy tarkibga jalb etishini malum qildi.

Undan keyin anjumanlar xonasiga Kubokni yutgan jamoa ustozi kirib keldi. Vadim Abramov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirgach, odatdagidek savol-javoblarga o'tildi. Savollar ko'p bo'lmadi, nari borsa uchta. Avvalo kelasi yilgi rejalar haqida so'raldi. Abramov bu borada tayinli gap aytmadi, mujmal javob qaytardi. Va mana shu joyda men bir narsani tushunib etdim: qaerda klubning o'z tarbiyalanuvchisi asosiy tarkibda o'ynar ekan, o'sha jamoa bosh murabbiyi bemalol kerilib gapirar ekan. Har holda kerilmasa ham ertangi kunga ishonch bilan o'z fikrini dadil bayon eta oladi. Masalan, yutqazgan bo'lsa ham Lushan Men yoshlarimizga ishonaman deb faxr bilan gapirdi.

Undun-bundan o'yinchilarni yig'ib olgan "Loko"dan kimdir shunday deya oladimi? Mana nima uchun Abramov keyingi yilgi rejalar borasida mujmal gapiryapti. Tarkibni kuchaytiramiz deyapti-yu, lekin kimning hisobiga degan savol ochiq qolyapti. Negaki klubdan o'z o'yinchilari etishib chiqmagandan keyin jamoaning yana uni-buni sotib olishga kuni qoladi. Etiboringiz uchun Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan ham oliy liganing tur o'yinlaridan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanlarida garchi birinchi davrada o'yini o'xshamagan bo'lsa-da Igor Sergeev borasida faxr bilan gapirib keldi. CHunki Sergeev klub tarbiyalanuvchisi, bugun bo'lmasa ertaga o'ynab ketadi. Asosiysi unga ishonch bor, uzoq muddatli shartnomasi bor, mavsum tugagach o'zicha boshqa klubga ketib qolmaydi. O'zim ham bir necha yil Mashalda ishlaganim bois klub tarbiyalanuvchisining asosiy tarkibda maydonga tushishi nima ekanligini, bu narsa futbolchi va murabbiyga qanday hissiyotlarni berishini yaxshi bilaman.

Yana qaytarib aytamiz, "Lokomotiv"ga nisbatan hech kimning hech qanday g'araz niyati yo'q. Yurtimizda kuchli jamoalar ko'paygani yaxshi. Lekin kuchli jamoa faqat yaxshi futbolchilarni yig'ib olmasdan, vaqt-bevaqt o'z akademiyasidan ham xabar olib turishi kerak. Hozir Bunyodkorda katta pullar yo'q, ammo katta pullar bor paytida klub o'z akademiyasini yo'lga qo'yib olgani uchun ham bir joyda mustahkam tura olyapti. Moliyaviy holat "Lokomotiv"da ham yaxshiligini inobatga olsak, klub asosiy tarkib bilan birga o'z maktabiga jiddiy etibor qaratmas ekan, ertaga pushaymon eb qolishi mumkin. CHunki hozirgi o'yinchilar ertaga ketib qolishi mumkin, lekin klub tarbiyalanuvchilari bosh murabbiy va rahbariyatning yuzidan o'tib hech qaerga keta olishmaydi.



O'yindan keyingi taqdirlash marosimi PFLga xos tarzda kechdi. Na yutgan jamoa azolari chiqishi uchun sahna qurildi, na orqaga "Lokomotiv" - O'zbekiston Kubogi g'olibi 2014 degan banner ilindi. Nazarimda, PFL uchun bularning qizig'i yo'qdek. Masalan, men o'yinni yuqoridan tomosha qilganim uchun taqdirlash marosimining juda sust o'tkazilishi g'alati tasir qildi. Nimaga sahna qo'yilmadi? Nima uchun kimdir mikrofon orqali g'olib jamoani ikki og'iz tabriklamadi? Kubok qanday tartibda topshirildi? Xuddi bolalar o'rtasidagi tayyorlov guruhlari musobaqasida g'olibga kubokni bergandek kechagi o'yinda ham oddiygina topshirib qo'yildi. Men hatto Kubok kimga berilganiniyam ko'rolmay qoldim.

Xullas, finaldan keyin taqdirlash marosimi juda saviyasiz o'tkazildi. Ehtimol, PFLdagilar buyam bitta o'yin-da, o'tsa bo'ldi-da qabilida o'ta sayoz fikrlashga o'rganib qolishgandir, ammo men bunaqasini hazm qila olmayman. PFLdagilarning mushugini birov pisht demaydi, bular hatto qo'lini sovuq suvga urmaydi. Ular uchun o'yin o'tsa, oylik vaqtida kelib tursa bo'ldi. O'zbek futboli rivoji, futbol ommaviyligini oshirish kabi tushunchalar ular uchun begona. Faqat og'izda bor va nomigagina qog'ozga yozib qo'yilgan. "Loko" futbolchilari shundoq maydonning o'zida esdalik uchun suratga tushishdi. Tepadan qaraganda juda xunuk ko'rinarkan. Taqdirlash marosimi to'g'ridan to'g'ri efirga uzatilganini hisobga olsak, ikki o'rtada PFLning butun mamlakatga sharmanda bo'lgani qoldi.


Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика