So’nggi yangiliklar

17:41Тен Хаг танқидлар ҳақида: "Уларнинг баъзилари - яхши маслаҳатлар, аммо мен ҳаммасини ўқимайман"  0 17:28Дарио Маринович: "Аргентина Бразилиядан кучсиз, сабаби улардаги ўйинчилар даражаси пастроқ"  0 17:07Алан Бранди: "Игитага қарши ўйнаш осон бўлмаслиги аниқ"  0 16:56Учрашув тақидирини ягона гол ҳал қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:40Кевин Арриета: "Қозоғистон кучли рақиб, бироқ бизда жасур ва довюрак футзалчилар йиғилган"  0 16:25ЦСКА - Ахмат. Файзуллаевдан дубль  7 16:00"Бунёдкор" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  12 15:27"Ньюкасл" - "Манчестер Сити". Кимлар асосий таркибда?  2 15:20Хорватия бош мураббийи: "Бразилияга қарши баҳсда устимиздан муздай сув қуйилгандай бўлганди"  0 15:06Биргина аёл бутун бошли "Рома"нинг режаларини бузиб ташлади  3 14:50Николас Сармиенто: "Бўлажак рақиб — Қозоғистонни табриклайман"  0 14:39"Интер Майами" устози: "Месси МЛС плей-офф баҳсларида яхши формада бўлади деб умид қиламиз"  0 14:16"Навбаҳор" собиқ устозини МЮ базасига киритишмади  2 13:18Пеп Артетада "барча маълумот бор"лиги ҳақида: "Бу 115та айблов ишига тегишли бўлиши мумкин. У аниқроқ гапириши керак"  4 12:59Гути: "Реал" "Атлетико"дан қасос олиш учун майдонга тушади"  3

“KECHA, BUGUN, ERTAGA”. Tachmurod Agamurodov bilan “Milan”, “Paxtakor” va Xirosima-94 haqida (2-qism) Yangiliklar

“KECHA, BUGUN, ERTAGA”. Tachmurod Agamurodov bilan “Milan”, “Paxtakor” va Xirosima-94 haqida (2-qism)

4 yillik tanaffusdan so'ng mazkur loyihani tiklashga qaror qildim. “Kecha, bugun, ertaga” loyihasida men ko'proq o'zim yaqindan tanigan futbol ichidagi kishilarga murojaat qilaman.

“KECHA, BUGUN, ERTAGA”. Tachmurod Agamurodov bilan “Milan”, “Paxtakor” va Xirosima-94 haqida (1-qism)


- Bir narsa qiziq, aynan sizning boshchiligingizda o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov zaxirada o'tirib qolgandi, muammo nimada edi?

- SHaxsiy hech nima. O'sha paytlarda Mirjalolning belidagi muammosi xalaqit qila boshladi. Mirjalolning zo'r tomoni shundaki, uni istalgan payt maydonga tushirsangiz jamoa g'alabasini taminlab keta olardi. 2003 yilgi OCHLni eslaylik. “Al Ahli”ni uyda 3:2 hisobida yutdik. Jamoa safida Ali Karimi to'p tepardi. Bu hisob safarda “Al Ahli” foydasiga xizmat qilishi mumkin edi. Mirjalolni ikkinchi o'yinda zaxirada qoldirdim. Bu arablar uchun syurpriz edi. O'shanda ikkinchi bo'limda maydonga tushib birgina goli bilan jamoamizni yarim finalga olib chiqqan. U maydonda o'ynagan vaqti 90 daqiqada o'ynaganlardan foydaliroq bo'lardi.

- Afsuski, ikki marotaba yarim finaldan o'ta olmadik.
- O'sha o'yin hozir ham ko'z oldimda. Hakam qaerdan jarima zarbasi o'ylab topdi bilmayman. “Bek Tero Sasana” bilan o'yin oldidan Baxtiyor Ashurmatovni “Krilya Sovetov”ga sotib yubordik. Men hayron qolgandim. Tarixga aylanishi mumkin bo'lgan bosqichda eng kerakli o'yinchini qo'yib yuborgan edik.

- Undan tashqari tailandliklar o'yin vaqtini 16:00ga qo'yishgandi. Bu paytda futbol o'ynash qiyin edi.
- Bunday ham bo'lgan. Lekin Ashurmatovni baribir qo'yib yuborish xato edi. Balki “Bek Tero Sasana”ni jiddiy qabul qilishmagan, lekin oldimizda final bo'lardi.

- Babayan haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Keling, avval Botir Rahimov haqida gapirsam. Men u insondan juda minnatdorman. Jamoaga kerakli barcha sharoitni yaratib berdi, lekin ishimizga umuman aralashmadi. Samvel esa yosh mutaxassis edi. O'z ishining ustasi, akademiya borasida ishlardi. Mening shaxsiy fikrim, shu yo'sinda ishlashda davom etishi kerak edi, murabbiylik unga ortiqchalik qildi deb o'ylayman.

- 2005 yil ketishingiz haqida mish-mish chiqa boshladi. Yodingizda bo'lsa, “Paxtakor” stadioni VIP qismiga muxlislar yig'ilgandi. O'shanda bo'lib o'tgan ochiq muloqotda Toshkentda qolishingizni aytgan edingiz, lekin...
- Ha, shunga o'xshash voqea esimda. Lekin u yillari boshqa bir ish bo'lgan. Botir Rahimov meni oldiga chaqirib, ertaga Moskvaga uchishimni aytgan. Uning aytishicha “Krilya Sovetov” meni ishga chaqirgan. Botir Ikramjonovich bu “Paxtakor” uchun ham sharafligini aytib, ularga rad javobini bera olmasligini aytdi. SHu tariqa Moskvaga uchdim, hattoki jamoa bilan xayrlasha olmadim. Moskvada meni Samara viloyatining gubernator yordamchisi kutib oldi. Borib bildimki, Gadjiev ketishini bilmagan ekan. U ketgunicha jamoani o'rganishim lozimligini aytishdi. Ishlar bilan tanisha boshladim, muzokaralar yomon ketmadi. Gadjiev bu haqda bilmas ekan. Toshkentdagi bu yangilikdan xabardor bo'lgan OFK o'z saytiga bu haqda xabar yozdi va uni rus matbuoti ko'tarib chiqdi. Gadjiev hayron. Uning ham o'ziga yarasha tanishlari bor. SHunday vaziyat ediki, men samaraliklarni qabul qila olmasdim. Bu tavakkalchilik edi. Jamoani Gadjiev yiqqan, uning futbolchilari. Meni qanday qabul qiladi, bilib bo'lmasdi. Marat Bikmaev bilan Baxtiyor Ashurmatov Samarada faoliyat boshlagan edilar. Baxtiyor ko'z o'ngimda sindi. O'sha kuni Gadjiev Maratni chap qanot himoyasiga qo'ydi. Himoyachi emas-ku, yosh bola. Katta o'yinda himoyachi sifatida o'ynayapti. Raqib istagan ishini qildi uning qanotida. O'yin atrofidagi o'yin edi. Ikkinchi taymda «Baxa”ni maydonga tushirdi. Bir kun avval o'rinbosarlar safida suniy maydonda ikki bo'lim harakat qilgandi. Qisqasi, men gubernator yordamchisi bilan to'g'ri manoda xayrlashib ortga qaytdim.



- Keyin “Paxtakor”ga qaytdingiz?
- Ha, lekin dam olishni istadim. CHunki “Paxtakor” boshqa murabbiy qo'l ostida maydonga tushayotgan edi. Ko'p o'tmay meni “Qayrat”ga chaqirishdi. U erda ham keyin rahbariyat o'rtasida muammo paydo bo'la boshladi. Bitta tamondan homiy, bitta tomondan hukumatga yaqin inson. Hakamlar ham “Qayrat”ga qarshi keta boshladilar. Mavsumni bir amallab yakunlab oldik va biz 6-o'rinni egalladik. SHundan keyin rahbariyatda o'zgarish bo'ldi. SHu tariqa men yana ortga qaytdim.

- Sizdan keyin “Paxtakor”da bir muddat Valeriy Nepomnyashiy faoliyat olib bordi?
- Ha, u kishi mening birinchi murabbiyim!

- Yo'g'-e?
- Ha, aynan uning qo'l ostida men futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rgandim. Uning ayoli esa menga jismoniy tarbiya fanidan o'qituvchilik qilgan. Juda yaxshi inson. Biz uni Kuzmich deb chaqirardik. Meni biroz maqtadi. “Paxtakor”da qozongan hurmatimni faxrlanib aytib berdi.

- 2014 yil Moskvaga ish bilan borganimda, Valeriy Kuzmich bilan ko'rishdim. SHunda unga “Odil Ahmedov uchun Sizga rahmat”, dedim. SHunda u bir gapni aytdi. “Nega menga rahmat aytasan, uning o'ziga aytish kerak. Men imkon berdim, mehnatni esa o'zi qildi”.  U kishidan bunday kamtarlikni kutmagandim.
- Ha (kuladi)

- Keyingi bekat Samarqandning “Dinamo”si bo'ldi.
- Azamxon Bahromovga katta rahmat aytaman. “Dinamo”ni qo'lga olganimda ancha ish qilish kerakligini tushunib etdim. Viloyat hokimining sharofati bilan moliyaviy holatimiz yaxshilandi. 2007 yil qator yosh futbolchilarni tarkibga jalb qildim. Ularni tajribali futbolchilar bilan aralashtirgan holda yaxshi jamoa tuzdik. Natija yomon bo'lmadi, 5-o'rin. O'shanda Sadriddin Abdullaev va Farhod Tojievni “Paxtakor”dan ijaraga olgandik. Bu futbolchilarni klub taklif qilgandi. Yakunda hokim to'purarlik uchun Farhodga mashina vada qildi. Yosh bo'lishiga qaramay, 20ta gol urgan edi. Kelasi yili hokimiyatda o'zgarish bo'ldi. SHundan keyin bizning moliyaviy holatimiz ham yomonlasha boshladi. Bizning ketishimizni istaganlar bo'ldi.



- “Lokomotiv”dagi mavsum ham omadsiz o'tdi...
- Murabbiylik faoliyatimdagi eng katta xatoim. “Lokomotiv” qiyin vaziyatda qolgan payti men jamoani qabul qilib oldim. Aslida bu ishga bormasligim kerak edi. CHunki bu paytda ayolim og'ir hastalik bilan olishayotgan edi (saraton). Mening fikrim ikkiga bo'lindi. Bir oyog'im maydonda, ikkinchisi kasalxonada. Natijada ishimda unum bo'lmadi. Rahbariyat esa menga ishonch bildirgan edi. Ishimni oxirigacha bajara olmadim, sababi ayolim vafot etdi. Keyin ishimda to'xtalish bo'ldi.

- “SHo'rtan” bilan yana katta futbolga qaytdingiz...
- Bu haqda eslashni ham istamayman. Meni 2012 yilning may oyida “Buxoro”ga taklif qilishdi. Bu paytda jamoa 16ta jamoa ichida so'nggisi edi. 2013 yil esa 6-o'ringa ko'tarildik. Bu esa ularni qanoatlantirmadi. Aslida biz o'sishda davom etayotgandik. So'ngra Samarqandga qaytdim. Yarim yil davomida na maosh, na mukofot puli berilmagach ketishga qaror qildim. Sababi futbolchilarning ko'nglini ko'tarish uchun so'z topolmay qolgandim. Hamma mehnatiga yarasha haq olishi kerak. SHundan keyin Samvel Babayan “Paxtakor”ga chaqirdi. Bu paytda “Buxoro” chempionatning so'nggi pog'onasida edi. Mendan klubni saqlab qolishni iltimos qilishgani uchun “Paxtakor”ga bora olmadim. Aksincha, “Dinamo” chempionatni tark etdi, “Buxoro” esa kuchlilar orasida qoldi. Eski murabbiylardan bizga 5 ochko qolgandi. Qizig'i, 2016 yil “Buxoro” bilan biz 4-o'rinni olganimizdan keyin yana ishdan olishdi.

- “Paxtakor”dagi tizimni boshqa klublarda ham qo'llashga harakat qilganmidingiz, yani o'rinbosarlar tarkibini takomillashtirish bo'yicha?
- “Buxoro”ni oxirgi marotaba qo'lga olganimda, Jamshid Saidov va rahmatli, Kamo Gazarov o'rinbosarlar tarkibiga javob berishlari kerak edi. So'nggi o'rindan 6-o'ringa ko'tarildi. Uy o'yinlarining birontasini o'tkazib yubormasdim. CHunki kimdir ajralib chiqib qolishi mumkinligini yaxshi bilardim. Qolaversa, o'rinbosarlar tarkibidan o'tgan, ammo asosiy tarkibga biroz tortmayroq turgan futbolchilar uchun 1-ligada jamoa qilishni istagan edik. Afsuski, moliyaviy holatimiz bunga imkoniyat bermadi.

- O'z tizimiga ega bo'lib kelgan “Paxtakor”ning bu yilgi transferini oqlamagan bo'lardim, agarki senda o'rinbosarlar tarkibi shakllanib ulgurgan bo'lsa. To'g'ri, kuchli legionerlar kerak, ammo ommaviy boshqa jamoadan futbolchi olib kelish menimcha xato bo'ldi. Paytida pulsiz jamoa chempionlikni qo'lga kiritgan edi...
- To'g'ri, o'rinbosarlarga etibor qaratish kerak. Bazan ishonch juda kerak bo'ladi. 2004 yil Marat Bikmaev yosh bolakay edi. 17 yoshga endi to'lgan. Lekin biz uni maydonga tushirishga “dux” topa olganmiz. O'sha paytlar u jamoamiz o'yinini o'zgartirib yubormasdi. Lekin biz uni asosiy tarkib bilan yurishga, echinish xonasi va maydon yukini ko'tarishni sekin-asta o'rgata boshlaganmiz. 2002 yil hammani ketkazib yubormagan edik. Ashurmatov, Koshelev, Soliev kabi futbolchilarni saqlab qolganmiz.

- Terma jamoaga oid fikringiz, qariyalarni ketkazishni istab qolishdi. Terma jamoada bugun kim kuchli bo'lsa o'sha o'ynashi kerak emasmi? Terma jamoa bu klublar musobaqasida o'ynamayaptiku, keyingi yil uchun tarkibni yoshartirsa. Bugun yo'qotilgan ochkoni, keyingi yil qaytarib bo'lmaydi-ku?
- To'g'ri, terma jamoada pasportga qaralmaydi. U har qanday paytda yoshidan qatiy nazar kuchli futbolchi uchun eshigi ochiq bo'lishi kerak. Ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasiga yaxshi murabbiy taklif etildi. U qilgan ishlarni sanab o'tish shart emas. Endi o'ziga qo'yib berish kerak. U barchani o'zi ko'rgan holda amalga oshirishi kerak. Kuperga chin dildan omad tilab qolaman.



Aleksandr Geynrix
- Geynrix juda kuchli futbolchi, lekin tez xafa bo'lardi. Agar mag'lubiyatga uchrasa yig'lardi. SHunga unga alohida munosabat kerak bo'lgan. Mag'lub bo'lishni yomon ko'radi, zaxiraga olinsa jahli chiqadigan kuchli texnikaga ega hujumchi. U o'zgacha edi. Uning tilini topsangiz marra sizniki.

Baxtiyor Ashurmatov
- Gochguliev bilan juda kuchli tandem bo'la olgan. Bejizga keyin ular do'st bo'lib ketmadilar. OCHLdagi birinchi mavsumida juda katta ishni bajargandi. U sheryurak edi, hech nimadan qo'rqmaydigan, o'zini maydonda ayamaydigan himoyachi edi. Men kelgunimga qadar u yil davomida 2-3 marotaba qizil kartochka olar ekan (kulib). Keyin biz o'tirib gaplashib oldik, o'sha xarakter bilan toza o'ynashga, bu ish berdi.

Asror Aliqulov
- Asrorning kuchli tomoni, o'zi uchun professional edi. Barcha narsaga qatiy amal qilardi. O'z tanasini jiddiy nazorat qilib kelgan. SHuning uchun uzoq vaqt davomida yuqori saviyada o'ynay oldi.

Zayniddin Tojiev
- Ko'cha futbolidan kelib professional bo'la olgan hujumchi! Futbolchi sifatida men qattiq hurmat qilaman uni. Uning maydondagi harakatini himoyachi topa olmasdi. Hech kim hozir u qanday harakat bilan o'tib ketishini avvaldan o'qiy olmasdi. U bilan malum sabablarga ko'ra ajralganmiz, meni xursand qilgani shu bo'lganki, o'z intervyusida manzilim tomon iliq so'zlarni aytgan.

Leonid Koshelev
- Ooo... CHap oyoqda “pushka” zarbasiga ega bo'lgan Lyonya bilan bir jamoada ishlaganimdan xursandman. “Paxtakor”ning qator chempionliklarida uning hissasi katta bo'lgan.

Timur Kapadze
- Uni “Cementchi”dan hujumchi sifatida olganmiz. Lekin unda hujumchiga kerak bo'lgan tezlik yo'q edi va tayanch yarim himoyasiga qo'ydim. “Paxtakor”da bu nuqta uchun men istaganimdek o'yinchi yo'q edi. Ko'p o'tmay Tohir Kapadze menga bu borada jiddiy etiroz bilan chiqqandi. Keyin esa rahmat aytdi.



Anvar Soliev
- Anvar Soliev... Odatda mening “lyubimchigim” bo'lmaydi. Lekin, Anvar boshqacha edi. Nima uchun aytaymi, yosh bo'lishiga qaramay farzandi bor edi. O'yin tugadimi, To'raqo'rg'onga ketardi. Oilasini juda yaxshi ko'rardi. SHuning uchun uni qattiq hurmat qilardim. CHempionat, kubok va OCHL tufayli dam olishga vaqt bo'lmasdi. SHu sabab yangi mavsumda ketish haqida o'ylab qoldi. “Navbahor”ga qaytishini aytdi. SHunda bir shart bilan olib qoldim. Jamoa bir kun dam olsa, Anvar ikki kun dam oladigan bo'ldi. Ayrim futbolchilar nega Anvar ikki kun dam oladi deb etiroz qilishganida, sizlar ham uylanib farzandli bo'lsangiz va ularga Anvarga o'xshab etibor bersangiz ikki kun dam olishlari mumkinligini aytib kulishganmiz. SHu tariqa Anvar Toshkentda qoldi.

Odil Ahmedov
- Topilma! Bir kun Samvel oldimga kelib, ROZSKdagi bollarni ko'rib kelaylik dedi. U erda tashkil qilingan o'rtoqlik o'yinidan keyin Odilni nima qilib bo'lsa ham jamoaga olish kerakligini aytdim. U paytda “Lokomotiv” o'rinbosarlari safida to'p tepardi. Men ishlagan paytimda u o'rinbosarlar safida etakchi bo'lib ulgurgan edi.

Server Jeparov
- Yuqori istedod sohibi. O'z ishiga masuliyat bilan yondoshardi. Sportchi uchun eng kerakli bo'lgan “rejim”ga jiddiy amal qilardi. SHuning uchun ham bugungacha o'ynayapti deb o'ylayman. Ayniqsa Mirjalol oldida o'sdi. Bu borada Qosimovga rahmat aytsa bo'ladi.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика